Layel
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Layel, Layell Charlz (1797.14.11, Kinnordi, Shotlandiya — 1875.22.2, London) — ingliz geologi, Oksford universitetini tugatgan (1819). 1836—37 va 1850—51 yillarda London geologiya jamiyatining prezidenti. Uchlamchi davr yotqiziqlari stratigrafiyasini ishlab chiqqan, metamorfik va vulkanik jarayonlarni oʻrgangan. Togʻ jinslarini choʻkindi, vulkanik, plutonik va metamorfik jinslarga boʻlishni taklif qilgan. L.ning geologiya asoslari bayoniga bagʻishlangan eng katta asari geologiya fa-nining metodologiyasini ishlab chi-qishga va rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. L. katastrofizm (katastrofalar nazariyasi)ga keskin qarshi chiqdi. Geologik hodisalarni aktualizm pozitsiyasidan tushuntirdi. Dastlabki asarlarida oʻsimlik va hayvon turlarining oʻzgarmasligini himoya qilsa ham keyinroq evolyusion taraqqiyot tarafdori boʻldi. Eotsen, miotsen, pliotsen va pleystotsenlarni ajratdi. L.— Linney jamiyati aʼzosi (1819-yildan), Geologiya jamiyati prezidenti (1835-yildan), Qirollik jamiyati aʼzosi (1826), Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy aʼzosi (1871). L. sharafiga eng muhim geologiya kashfiyotlar uchun har yili beriladigan medal taʼsis etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |