Laylitoʻgʻon koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Uzunligi | 1 km |
Koʻchada joylashgan binolar | "Jar" sport majmuasi |
Laylitoʻgʻon koʻchasi — Shayxontohur tumani hududida. Beruniy va Koʻkcha Darvoza koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.
Mannon Uygʻur koʻchasi bilan tutashgan. 1990-yilning 2-yarmida tashkil topgan. 2005-yil 28-aprelda Laylitoʻgʻon nomi berilgan. Qadimda shu joydan oʻtadigan Janggoh arigʻiga qurilgan toʻgʻon nomidan olingan[1].
Yoʻnalishida „Gulobod“ mavzesiga qarashli koʻp qavatli turar joy binolari, „Jar“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, bekat va tunukasozlar ustaxonalari bor. Jamoat transporti vositalari harakati yoʻlga qoʻyilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.