Lazer spektroskopiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lazer spektroskopiya - optik spektroskopiya sohasi; gazsimon, suyuq va kristall holatdagi moddalarning atomlari va molekulalari spektrlarini lazer nurlari yordamida tadqiq qiladi. Lazer spektroskopiya kvant elektronika va optik spektroskopiya chegarasida vujudga kelgan. Lazerlar yaratilgandan soʻng Lazer spektroskopiyasi jadal rivojlana boshladi. Lazer nurining oʻziga xos xususiyatlari odsiy (kogerent boʻlmagan) yorugʻlikni qoʻllaganda kuzatish mumkin boʻlmagan jarayonlarni kuzatishga imkon beradi. Lazer spektroskopiyaning keng spektral diapozonda nur chastotasini uzluksiz oʻzgartirishga imkon berish, nanosekund, pikosekund va femtosekund davomatli yorugʻlik impulslarini olish uslublarini yaratish, nurni toʻlqin uzunligiga teng oʻlchamli joyga fokuslashga imkon berish xossalari quyidagi masalalarni yechishga imkon berdi: 1) yorugʻlikning muhitlarda yuz beradigan kombinatsion va Mandelshtam — Brillyuen sochilishi spektral chiziqlarining tarkibi va shaklini oʻrganish; 2) atom va molekulalarning selektiv ravishda uygʻongan holatlarga oʻtkazish va ularning shu holatlardagi yashash vaqtini topish hamda pastki holatlarga relaksatsiya qilish va kimyoviy reaksiyalarga turtki berish qonuniyatlarini tek-shirish; 3) atom va molekulalarda, suyuk va qattiq jismlarda koʻp fotonli oʻtishni (bir nechta fotonning bir paytda birgalikda yutilishini) kuzatish hamda jismlarning katta kuvvatli lazer nuri ostida yemirilish jarayonining tabiatini oʻrganish; 4) lazer nuri taʼsirida yuz beradigan fluoressensiya yordamida atom va molekulalarning toʻqnashuvi natijasida spektral chiziqlarning kengayishi va surilishini aniklash, toʻqnashuvlar chastotasini oʻlchash va toʻqnashuvlarlarda energiyaning bir zarradan ikkinchisiga uzatilishini tadqiq qilish; 5) atomli va ionli gazlarni sovitib, ularning temperaturasini 1K dan ham pastga tushirish qonuniyatlarini aniklash; 6) izotoplarni lazer nuri taʼsiri ostida selektiv ajratib olish; 7) atmosferani zaharlovchi har xil gazlarni masofadan turib tekshirish va ularning tarkibini aniklash; 8.) biomolekulalar va hujayralarda yuz beruvchi tez va oʻta tez jarayonlarni oʻrganish va alohida tanlangan yolgʻiz hujayraga lazer nurini fokuslab, uni selektiv ravishda uygotish.
Fizika, kimyo, biologiya, metrologiya va boshqafan sohalarining nazariy va amaliy masalalarini yechishda Lazer spektroskopiyadan keng foydalanilmoqda. Ad.: Lazernaya spektroskopiya atomov i molekul [per. s angl.], M., 1979. Maruf Krsimjonov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |