Leberecht Uhlich
Leberecht Uhlich | |
---|---|
Tavalludi |
1799-yil 27-fevral Köthen, Muqaddas Rim imperiyasi |
Vafoti |
1872-yil 23-mart Magdeburg, Brandenburg, Prussiya qirolligi, Germaniya imperiyasi |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Dini | protestant |
Leberecht Uhlich (1799-yil 27-fevral, Köten (Anhalt) — 1872-yil 23-mart, Magdeburg) — nemis protestant ilohiyotchisi va maʼrifatparvar yozuvchisi, „Quakers“ jamiyati asoschisi, diniy gumanizm asoschilaridan biri. Oʻzining liberal qarashlari hamda Prussiya hokimiyati bilan toʻqnashuvlari orqali mashhur boʻlgan
Zodagonlikdan kambagʻallikka tushib qolgan oilada tugʻilgan; Leberecht maktab yillarida ham ma’rifatparvarlik gʻoyalariga berilib ketdi. U oʻz shahridagi gimnaziyani tugatgan, 1817-yildan Galle universitetida ilohiyot fakultetida tahsil olgan, u uerda oʻqiyotganda ratsionalistik gʻoyalari bilan sugʻorilgan; Oʻqishni tugatganidan soʻng, Leberecht tugʻilgan shahriga qaytib keldi va 1820-yildan 1824-yilgacha oʻqituvchi boʻlib ishladi,1824-yilda Dibzig shahrida cherkovida pastorlik qildi. 1827-yilda u Prussiya davlat cherkoviga qoʻshildi va Pyommeltda pastor boʻldi. Shundan soʻng, tez orada Bibliya mavzularida kechki bepul maʼruzalari bilan shuhrat qozondi.
1841-yil Shenebek yaqinidagi Pyommelt pastori sifatida xizmat qilib yurgan kezlari, Magdeburgda ikonoklazm nizolari paytida protestant pastorlari syezdini chaqirdi. Oʻsha yili 29-iyunda Protestantische Freunde doimiy jamiyati tuzildi. Leberecht Uhlich ushbu jamiiyatning asosiy shaxsiga aylandi: har oy jamioaviy yigʻilishlarni tashkil qildi, bu yigʻilishlar tushunarli tilda boʻlgani uchun unga minglab tinglovchilar qoʻshildi; uning tashabbusi turli shaharlarda xuddi shunday jamiyatlar tashkil etildi. 1842-yildan jamiyat tomonidan „Blätter für christliche Erbauung“ jurnali chop etila boshlandi. 1845-yil hukumat talabi bilan bu jamiyatlar yopildi. Uhlichga esa oʻz shahridan beruhsat chiqish taqiqlab qoʻyildi. 1845-yil 1-oktabrda Magdeburgdagi Muqaddas Yekaterina cherkovida pastorlik faoliyatiga kirishganidan soʻng, targʻibotni yana davom ettirdi. Uning vaʼzlari tez orada juda ommalashib ketdi, buning ortidan uning Uhlichning hukumat idoralari bilan nizolari ham qaytalana boshladi. 1847-yil politsiya uning uyida boʻlib oʻtadigan yigʻilishlarni taqiqladi. Uhlichning oʻzi esa 1847-yilning 13-sentyabrida ommaning qarshiligiga qaramasdan ruhoniylik rutbasidan ayrildi va Magdeburgga qaytdi.
1847-yil 29-noyabrda Uhlich oʻzi tomonidan tashkil etilgan Magdeburg erkin jamiyatining pastori boʻldi va Germaniyada bunday jamoalarning tarqalishiga hissa qoʻshdi. 1848-yilda u mart inqilobining asosiy shaxslaridan biriga aylandi. 18-martda u Magdeburgning faxriy fuqarosi deb eʼlon qilindi va keyin Frankfurt parlamenti aʼzosi etib saylandi; parlament tarqatib yuborilgach, u Magdeburgga qaytib keldi va inqilob magʻlubiyatidan keyin Shveysariyaga qochib ketgan inqilobchilar uchun mablagʻ yigʻishda faol ishtirok etdi; Uhlich faoliyati uchun u bir necha bor hibsga olingan va ayblangan. Keyinchalik u xudoni tabiat bilan, dinni sivilizatsiya bilan birlashtirgan mashhur panteizm qarashlarini qabul qildi. 1859-yilda Uhlich Erkin jamoalar ittifoqiga asos soldi, Yevropada maʼruza gastrollarida boʻlgan. 1867-yildan u ishchilar taʼlimiga yordam beradigan Germania jamiyatining raisi boʻldi. Leberecht Uhlich qisqa muddatli kasallikdan keyin vafot etdi.
Asosiy asarlari: „Bekentnisse“ (Leyptsig, 1846); „Sendschreiben an das deutsche Volk“ (Dessau, 1845); „Das Büchlein vom Reiche Gottes“ (katexizis, Magdeburg, 1845); „Sonntagsbuch“ (Gota, 1858); „Handbüchlein der freien Religion“ (Berlin, 1889).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Улих, Леберехт // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.