Leksema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leksema (yunoncha: lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy Leksemasining leksik maʼnosi. — „kishi yashaydigan bino“, yugurmoq Leksemasining leksik maʼnosi — „bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq“ va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil