Lena Endre
Lena Endre | |
---|---|
2013-yil | |
Tavalludi | 8.7.1955 |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1984- hozirgi paytgacha |
Lena Endre (shvedcha: Lena Endre 1955-yil 8-iyulda tavvallud topgan) – kino va televideniye aktrisasi[1], Shvetsiya va Norvegiyada Liv Ullmanning „Trolösa“ (2000) va Stieg Larssonning „Mingyillik“ trilogiyasiga asoslangan filmlaridagi roli bilan tanilgan. Endrening ingliz tilidagi kinoda debyuti 2012-yilda Pol Thomas Andersonning „Master“ filmida boʻlib oʻtdi, unda bosh rollarni Xoakin Feniks va Filipp Seymur Xoffman ijro etgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yilda Stokgolm Ijro sanʼati akademiyasini tamomlagandan soʻng, 1980-yillarda Varuhuset[2] va Lorri[3] shved teleseriallaridagi ishtiroki orqali shuhrat qozongan. 1984-yilda rejissyor Tom Kleggning "The inside man" trillerida kichik rol ijro etgan[3].
Endre oʻzining ingliz tilidagi filmlardagi debyut roli Pol Tomas Andersonning „Master“ (2012) filmida ijro etdi, unda Joaquin Phoenix, Philipp Seymour Xoffman, Amy Adams va Laura Dernlar bilan birga rol ijro etgan.
Liv Ullmanning 2000-yilda Kann kinofestivalida ishtirok etgan „Faithless“ filmidagi ishtiroki tufayli katta shuhrat qozongan. Shuningdek, daniyalik rejissyor Saymon Stahoning ikkita filmida rol oʻynagan: Dag och Natt (2004) va Himlens Xyarta (2008). Oxirgi filmidagi roli tufayli „eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida „Guldbagge“ milliy kino mukofotiga sazovor boʻlgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda Lena Endre „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida „Guldbagge“ mukofotini olgan va 2000-yilda „Eng yaxshi aktrisa“[4] nominatsiyasida taqdirlangan.
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor Tomas Xanzon bilan turmushi 1988-yildan 1998-yilgacha davom etgan, undan ikki farzandi bor. Keyinroq shvetsiyalik rejissyor Richard Xobert bilan turmush qurgan. Ularni turmushi 2000-yildan 2012-yilgacha davom etgan.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Visitors (1988)
- The Best Intentions (1992)
- Sunday’s Children (1992)
- Yrrol (1994)
- Kristin Lavransdatter (1995)
- Jerusalem (1996)
- Ogifta par – en film som skiljer sig (1997)
- In the Presence of a Clown (1997, TV)
- Ögat (1998)
- Faithless (2000)
- Gossip (2000)
- Musikk for bryllup og begravelser (2002)
- Alla älskar Alice (2002)
- Day and Night (2004)
- Göta kanal 2 – Kanalkampen (2006)
- Himlens Hjärta (2008)
- Wallander (Swedish TV series) (2009)
- The Girl with the Dragon Tattoo (2009)
- The Girl Who Played with Fire (2009)
- The Girl Who Kicked the Hornets' Nest (2009)
- Angel (2009)
- With Every Heartbeat (2011)
- The Master (2012)
- Limbo (2012)
- Echoes from the Dead (2013)
- A Hustler’s Diary (2017)
- Kingsman: The Golden Circle (2017)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lena Endre“ (sv). Swedish Film Institute. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ „Lena Endre“. Ingmar Bergman. Stiftelsen Ingmar Bergman. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Lena Endre“. The Swedish Film Database. 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „Lena Endre Awards“. The Swedish Film Database. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lena Endre Shvetsiya kino maʼlumotlar bazasida(shved.) )