Kontent qismiga oʻtish

Lenur Arifov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lenur Yagya Arifov
Tavalludi 10-dekabr 1938-yil
Yalta, SSSR
Vafoti 11-mart 2018-yil(2018-03-11)
(79 yoshda)
Simferopol
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi UkrainaRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi Yadro fizikasi
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Lenur Yagya Arifov (1938-yil 10-dekabr Yalta – 2018-yil 11 mart Simferopol) – sovet va ukrain fizigi va ijtimoiy-siyosiy arbobi. Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari (1997—1998), fizika-matematika fanlari doktori, V.Vernadskiy nomidagi TMU nazariy fizika kafedrasi professori.

Lenur Arifov 1938-yil 10 dekabrda Yaltada tugʻilgan. 1944-yilda Qrimdan deportatsiya qilingan tatar oilalari ichida uning oilasi ham bor edi. Ular Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Lenur Arifov oilasi bilan Samarqandda yashagan.

Samarqand universitetining fizika fakultetini (1961), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (Toshkent) Yadro fizikasi instituti aspiranturasini (1964) tugatgan.

1964—1968-yillarda kichik; 1968—1986-yillarda katta ilmiy xodim; 1986-1987-yillarda yetakchi ilmiy xodim; 1987—1988-yillarda sohalar nazariyasi sektori mudiri; 1988—1992-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti laboratoriyasi mudiri[1].

Fizika-matematika fanlari doktori (1982).

1992-yilda oilasi bilan Qrimga qaytib ketadi.

1993-yil yanvar oyidan Fizika nazariyasi kafedrasi professori, 1993-yil sentyabrdan 1994-yil iyulgacha va 1998—2005-yillarda Nazariy fizika kafedrasi mudiri, 2005-yildan 2012-yilgacha Simferopol davlat universitetida Nazariy fizika kafedrasi professori boʻlib ishlagan.

1994—1998-yillarda Qrim Oliy Kengashining deputati. 1995-yil mart oyidan Qrim Oliy Kengashi doimiy komissiyalari raisi. 1995-yil iyuldan 1997-yil oktyabrgacha milliy siyosat va deportatsiya qilingan fuqarolar muammolari boʻyicha komissiya raisi lavozimida ishlagan. 1997-yil iyundan 1998-yil maygacha Qrim Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari.

1993-yildan Qrim-tatar xalqi Qurultoyi delegati, Qrim-tatar xalqi majlisi aʼzosi[2]. 1999—2005-yillarda „Millet“ ijtimoiy-siyosiy harakati raisi.

Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi (2005).

2018-yil 11-martda Simferopolda vafot etgan. U Abdal qabristoniga dafn etilgan[3].

  • Профессора Крымского федерального университета им. В. И. Вернадского : в 3-х т. / Крымский федеральный университет им. В. И. Вернадского ; авт.-сост.: А.А.
  • Непомнящий, Д. А. Ломакин, В. А. Грушецкая и др. — Белгород : КОНСТАНТА, 2018. — Т. 1. — 404 с. — ISBN 978-5-906952-74-5.