Kontent qismiga oʻtish

Leonid Babushkin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Leonid Nikolayevich Babushkin (1902.23.3, Toshkent – 1976.26.5) – geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1926). Oʻrta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Babushkin Leonid Nikolayevich vazirligida bosh agrometeorolog (1941–46), Oʻrta Osiyo universiteti tabiiy geografiya kafedrasi oʻqituvchisi, dotsent, professor, kafedra mudiri (1947–76), 1955–61 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha universitet prorektori. B.ning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geografiya masalalariga bagʻishlangan. Sugʻorma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va Oʻrta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil