Kontent qismiga oʻtish

Leonid Levin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leonid Tixonovich Levin
Tavalludi 1869-yil
Grodno viloyati
Vafoti 1944-yil
Toshkent shahri
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi otorinolaringologiya

Leonid Tixonovich Levin (1869-yil, Grodno viloyati, Visoko-Litovsk – 1944-yil,Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahri) — sovet otorinolaringologi. Tibbiyot fanlari doktori (1902), RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1935)[1].

Leonid Tixonovich Levin 1869-yilda Grodno viloyatida tugʻilgan.

1894-yilda Kiyev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. 18961901-yillarda u chet elda malaka oshirgan. 1908-yildan esa Sankt-Peterburgdagi Shifokorlar malakasini oshirish klinik institutida dastlab assistent, keyin dotsent boʻlgan. 1902-yilda difteriyada eshitish organidagi oʻzgarishlar haqida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

U 1914-yildan Psixonevrologiya instituti professori boʻlgan.

1917-yildan Leningrad tibbiyot malaka oshirish institutida otorinolaringologiya kafedrasi mudiri boʻlgan (u yerda umrining oxirigacha ishlagan).

Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan 1941-yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan.

Leonid Tixonovich Levin 1944-yilda Toshkentda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish chogʻida kutilmaganda vafot etgan[2]. U Sestroretsk qabristoniga dafn etilgan[3].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leonid Tixonovich Levinning 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. U umumiy radikal quloq jarrohligining original usulini ishlab chiqqan. Quloq labirintini ochish usulini oʻzgartirgan va bu operatsiyalarni bajarish uchun bir qator vositalarni taklif qilgan.

Quloqning jarrohlik kasalliklari boʻyicha 3 jildlik toʻliq qoʻllanma yaratgan va u bir necha nashrlardan oʻtgan (1928, 1936–1937, 1948).

U jarrohlik sohasida otorinolaringologlar maktabini yaratgan.

Levin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg otorinolaringologiya jamiyati tuzilgan (1906). U keyinchalik „Rossiya otorinolaringologiyasi“ deb oʻzgartirilgan. Shuningdek, u „Quloq, burun va tomoq kasalliklari oyligi“ ilmiy jurnalini tashkil qilgan.

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Difteriyadagi eshitish organining holati toʻgʻrisida“ (1902)
  • „Quloqning jarrohlik kasalliklari va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolash“ 1–2-kitoblar (1936–1937).

Leonid Tixonovich Levin nomi Leningrad davlat tibbiyot institutining otolaringologiya klinikasiga berilgan (2011-yilda qayta tashkil etilgan).

  1. „ЛЕВИН Леонид Тихонович“. www.spb-tombs-walkeru.narod.ru. Qaraldi: 15-noyabr 2023-yil.
  2. Feygin. G. A. Portret otorinolaringologa: razmishleniya, problemi, resheniya. – B.: Ilim, 2009. – 205 s. – Glava 1 (Wayback Machine saytida 2013-03-28 sanasida arxivlangan)
  3. „Петербургский некрополь“. 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.