Lev Gertman
Gertman Lev Grigoryevich (1910-yil Qoʻqonda tugʻilgan — 1971-yil Toshkent shahrida vafot etgan) — kon muhandisi — I darajali direktor, Toshkent politexnika instituti professori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lev Grigoryevich Gertman 1910-yilning 20-mayida Qoʻqon shahrida yahudiy oilasida dunyoga kelgan.
Otasi — Girsh (Grigoriy) Izrailyevich (1879-yil Rossiyaning Sarapul shahrida tugʻilgan — 1964-yil Toshkentda vafot etgan) boʻlgan.
Onasi — Beyla Aronovna Gertman (1886-yil Rossiyaning Sarapul shahrida tugʻilgan — 1972-yil vafot etgan). Ular asosan tikuvchilik bilan shugʻullanishgan. Gertmanlar oilasi 1907-yilda Rossiyaning Vyatka guberniyasining Sarapul shahridan Qoʻqon shahriga koʻchib kelgan.
Lev Gertman 1926-yilda Qoʻqon shahrida oʻrta maktabni tugatgan va shu yili SAGUning Fizika-matematika fakulteti geologiya boʻlimiga oʻqishga kirgan. Lev Grigoryevich 1928-yilda professor M.M.Protodyakonov rahbarlik qilgan konchilik boʻlimiga oʻqishini koʻchirgan. Ammo 1930-yilning mart oyida professor M.M.Protodyakonovning kutilmagan oʻlimi ushbu guruh talabalarining hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgan. Rahbariyat tomonidan konchilarning butun guruhi toʻliq tarkibda oʻqishni tugatishi uchun Stalin nomidagi Moskva konchilik akademiyasiga yuborilgan.
1931-yilda ushbu guruhning barcha talabalari MKA (Moskva konchilik akademiyasi)ning oltita universitetdan biri hisoblangan Moskva davlat konchilik institutining (hozirgi NITU „MISiS“ konchilik instituti) kon muhandislari diplomini olishgan.
1931-1933-yillarda Lev Grigoryevich Gertman „Sredazugol“ trestining kapital qurilish boʻlimida muhandis boʻlib ishlagan.
1933-1936-yillarda Gertman Sulukta (1930-yillarda — qishloq, hozirgi kunda Qirgʻizistondagi shahar) shahridagi № 2 shaxtada I.A.Juravlev yer osti galereyasini oʻrnatish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha guruh boshligʻi boʻlgan. (1930-yilda — qishloq, hozir Qirgʻizistondagi shahar).
1936-1940-yillarda kon-metallurgiya boshqarmasi boshligʻi, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va v.b;
SSSR ogʻirsanoat xalq komissarligi muhandislik-texnika boshqarmasining Toshkent malaka oshirish instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
1937-1942-yillarda Oʻrta Osiyo sanoat institutining konchilik fakultetida kafedra assistenti, katta oʻqituvchi, konchilik fakulteti dekani boʻlgan.
1940-yilda L.G.Gertman „Передвижное металлическое крепление для выемки мощных угольных пластов“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1942-1945-yillarda Angren shahridagi koʻmir konlari qurilishiga rahbarlik qilgan. 1942-1944-yillarda „Oʻzbekshaxtaqurilish“ trestining Angren shahridagi № 8-, 9-, 10-yangi kon qurilishida bosh muhandis, keyinchalik rahbar boʻlib ishlagan.
1944-1945-yillarda „Oʻzbekkoʻmir“ trestining Angrendagi № 8-shaxtasi boshligʻi etib tayinlangan.
1945-1952-yillarda L. G. Gertman SSSR Koʻmir sanoati vazirligining Toshkent konchilik texnikumi direktori;
1952-1968-yillarda Oʻrta Osiyo politexnika instituti (SazPI) (keyinchlik Toshkent politexnika instituti)ning konchilik fakulteti kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan.
1968-1971-yillarda Toshkent politexnika instituti konchilik fakulteti ,,Konchilik va geologik-qidiruv ishlari iqtisodiyoti" kafedrasini boshqargan[1].
Lev Grigoryevich Gertman 1971-yil 21-sentabrda Toshkentda vafot etgan va shaharning Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]L. G. Gertman muallifligi va hammuallifligida 70 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqot ishlari tayyorlangan[2]
Ulardan asosiylari:
- „Галерея Журавлева (передвижное металлическое крепление)“, 1939;
- „Народохозяйственное значение Ангренского буроугольного района“, 1941;
- „Перспективы открытых горных работ в Ангрене“, 1954;
- „Угольная промышленность Узбекистана за 40 лет“, 1957;
- „Перспективы открытых горных работ в Средней Азии“, 1964;
- „Определение оптимальных пределов потерь и разубоживания на карьерах Алтынтопканского рудоуправления“, 1965;
- „Выбор оптимальных параметров работ на пойменных карьерах нерудных строительных материалов с применением ЭВМ“, 1967;
- „Высшее геологическое и горное образование в Узбекистане за 50 лет“, 1970,
- „Повышение эффективности использования недр при открытой разработке руд цветных металлов (на примере Алмалыкского горнометаллургического комбината)“, 1970.
Ushbu ilmiy nashrlarning aksariyatida Oʻrta Osiyoda, birinchi navbatda, Oʻzbekistonning Angren shahrida koʻmir sanoati, shuningdek, konlarda ochiq usulda togʻ-kon sanoatini oʻzlashtirish va ushbu yoʻnalishda texnik va iqtisodiy jihatdan sohani rivojlantirish muammolarini hal qilishga eʼtibor qaratilgan.
Professor L.G.Gertman rahbarligida konchilik yoʻnalishi boʻyicha 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Gertman qariyb 45 yil mobaynida Oʻzbekiston geologiya va togʻ-kon sanoatida faoliyat koʻrsatgan. Uzoq yillar Toshkent politexnika instituti Konchilik fakultetining turli ilmiy toʻplamlarida bosh muharrir sifatida ishlab kelgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- L.G.Gertman SSSR medallari hamda uch marotaba Oʻzbekiston Oliy Kengashining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
- 1952-yilda SSSR Koʻmir sanoati vazirining buyrugʻi bilan „I-darajali kon muhandisi-direktori“ shaxsiy unvoni berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ С 1937 года Л. Г. Гертман вел в высшей школе следующие курсы: «Основы горного дела», «Горное дело», «История горной техники», «Организация производства в горной промышленности», «Экономика горной промышленности», «Разработка месторождений полезных ископаемых».
- ↑ В 1941 году он участвовал в создании монографии (под руководством профессора Попова А. С.) «Проблема промышленного развития Ангренского буроугольного района Средней Азии».