Kontent qismiga oʻtish

Lev Gumilyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Gumiljov (1934)

Gumilyov Lev Nikolayevich (1912.1.10, Sarskoye Selo — 1992, Sankt-Peterburg) — tarixchi, etnolog va geograf olim.

Rus shoirlari N. S. Gumilyov va A. Axmatovalarning farzandi. Leningrad universitetini bitirgan (1946). 1930—50-yil larda taʼqibga uchrab, ikki marta qamalgan. Tarix fanlari doktori (1961), geografiya fanlari dri (1974).

1961-yildan Leningrad universiteti qoshidagi Geografiya ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim. Inson va etnoslarning biologik ijtimoiy mohiyati haqidagi taʼlimot asoschisi; etnogenezning nasldan-naslga oʻtuvchi asosiy energetik belgisi passionarlik — biokimyoviy quvvat ortishi natijasida odamlardagi ongli biologik qobiliyatlarning nihoyat darajada kuchayishi gʻoyasini ilgari surgan. Bunday jarayonlarning namoyon boʻlishi tarixiy taraqqiyotga kuchli taʼsir koʻrsatadi.

Turkiy, moʻgʻul, slavyan va Yevrosiyodagi boshqa xalqlar tarixi haqida yirik tadqiqotlar yaratgan. Sharq tillarini mustaqil ravishda oʻrgangan. Asarlari koʻplab xorijiy tillarda nashr etilgan. Sobiq Shoʻro totalitar tuzumiga xos nohaq taʼqiblar G.ni keng koʻlamda ilmiy faoliyat olib borishiga xalaqit bergan. Asarlari uzoq yillar bosilmay qolgan. Oʻzbek, tatar, pushtun, tojik, turkman, hind adabiyotidan koʻplab tarjimalar qilgan. YUNESKO yoʻli bilan arxeol. va tarix fanlari boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.

  • Xunnu. Sredinnaya Aziya v drevniye vremena, M., 1960;
  • Podvig Baxrama Chubina, L., 1962;
  • Otkritiye Xazarii (Istoriko-geograficheskiy etyud), M., 1966;
  • Drevniye tyurki, M., 1967;
  • Poiski vimishlennogo sarstva, M., 1970;
  • Xunni v Kitaye. Tri veka voyni Kitaya so stepnimi narodami; M., 1974;
  • Etnogenez i biosfera Zemli, M.-L., 1979, vip. 1; vip. 2, M.-L., 1980; vip. 3, M.-L., 1980;
  • Etnogenez i biosfera Zemli, L., 1989;
  • Drevnyaya Rus i Velikaya step M., 1989;
  • Geografiya etnosa v istoricheskiy period. L., 1990.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil