Kontent qismiga oʻtish

Lev Kramarenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Yuriyevich Kramarenko
Tavalludi 1888-yil 13-yanvar
Vafoti 5-mart 1942-yil(1942-03-05)
(54 yoshda)
Samarqand
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi→Ukraina
Kasbi Rassom
Lev Kramarenko . Goʻri-Amir yaqinidagi koʻcha. 1934-yil
Lev Kramarenko . Peyzaj

Lev Yuriyevich Kramarenko (1888-yil 13-yanvar, Uman, hozirgi Cherkas viloyati1942-yil 5-mart, Samarqand) – ukrainalik rassom hisoblanadi.

1906—1908-yillarda Dmitriy Kardovskiy qoshidagi Peterburg Badiiy akademiyasida tahsil olgan, 1911-yilda esa Parij Badiiy akademiyasida taʼlim olgan. 1913-yildan boshlab Lev turli koʻrgazmalarda qatnasha boshlagan. 1918—1932-yillarda Ukrainada ijod bilan shugʻullangan. Dastlab u Glyna rassomchilik maktabining direktori, keyinroq – Kiyev yaqinidagi Mejiirskiy zavodi negizida yaratilgan Mejiirskiy badiiy va kulolchilik texnikumining rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1921-yildan Dmitriy Kardovskiy Kiyevda Ukraina Badiiy akademiyasida dars bergan. Keyinchalik, 1923-yilda akademiya Kiyev plastik sanʼat institutiga aylantirilgandan soʻng, 1924-yilda Kiyev arxitektura instituti bilan qoʻshilishi natijasida Kiyev sanʼat instituti deb nomlangan. Lev Institut rektori va fakultet dekani sifatida faoliyat yuritgan[1].

Lev Kramarenko Ukraina Zamonaviy rassomlar uyushmasining aʼzosi boʻlgan (1927-yildan). Bu uyushma Odessa va Jitomirda joylashgan va Gʻarb sanʼatiga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu rassomlar uyushmasida Viktor Palmov, Anatol Petritskiy, Aleksandr Bogomazov, sanʼatshunos Fedir Ernst va Xarkovning boshqa rassomlari ham aʼzo boʻlgan edi.

Lev Kramarenkoning shogirdlari orasida taniqli ukrainalik rassom va grafik rassomlar bor. Ulardan uning rafiqasi Irina Jdanko, Irina Beklemishyeva, Pavlo Ivanchenko, Fedir Kumpan, Yuriy Sadilenko, Dmitriy Shavikin va boshqalar shular jumlasidandur.

Ijodiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlarining namoyish etilgan joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Kardovskiyning yaratgan ishlari Kiyevdagi Lenin nomidagi bolalar shaharchasi (1924), Ukraina SSR Fanlar akademiyasining majlislar zali (1930), Moskvadagi „Oʻroq va bolgʻa“ klubi (1934) va Kiyev rus drama teatrida (hozirgi Lesya Ukrainka nomi; 1936—1937) namoyish etilgan.

  • „Robіtnitsya“ (1927);
  • „Natyurmort іz samovarom“ (1929);
  • „Zavodske selishe. Donbas“ (1937);
  • „Dereva bіlya yaru“ (1938);
  • „Srіblyastі dalі. Samarkand“ (1942)[2].
  • Bundan tashqari Lev Donbas, Qrim, Markaziy Osiyo manzaralarini ham chizgan.