Lev Penkovskiy
Lev Minayevich Penkovskiy (1894.01.31(02.12), Kremenchug- 1971.26.7, Moskva) — rus shoiri, uzbek sheʼriyatining tarjimonlaridan biri. Adabiy faoliyati 1917-yilgacha boshlangan boʻlishiga qaramay, 20-yillarning 2-yarmida shoir sifatida tanila boshlagan. 30-yillardan boshlab asosan badiiy tarjima bilan shugʻullangan. Oʻrta Osiyo xalklari ogʻzaki ijodi, mumtoz sheʼriyati obidalari va zamonavii shoirlarining koʻplab asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Penkovskiy Firdavsiyning "Shohnoma", Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", Bedilning "Komde va Modan" dostonlari, Umar Xayyom ruboiylari, Bobur gʻazal va ruboiylari, Oybek, Xdmid Olimjon, Zulfiya va boshqa uzbek, gruzin, arman, eston, tatar, boshqird, chuvash, yoqut shoirlarining sheʼrlarini, shuningdek, oʻzbek xalqining "Alpomish", "Orzigul", qirgʻiz xalqining "Manas", qozoq xalqining "QizJibek" singari epos va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. U ayni paytda Gyote, Geyne, Beranje, Gyugo kabi jahon mumtoz shoirlarining asarlarini ham rus tiliga oʻgirgan. Penkovskiy qaysi tidsan tarjima qilgan boʻlsa, shu tilning lisoniy va musiqiy xususiyatlarini, u yoki bu shoirning ijodiy-individual uslubini oʻrganish, tarjima qilinayotgan asardagi milliy ruhni saqlashga alohida eʼtibor bergan. Tarjimalari "Tanlangan sheʼriy parchalar" (1956), "Asrlar va yillar osha" (1960), "Chang" (1971) toʻplamlarida nashr qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Skvoz veka i godi, T., 1960.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |