Lewis Stevenson
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lewis Stevenson | ||
Tavallud sanasi | 5-yanvar 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Kirkcaldy, Shotlandiya | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hibernian | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2006 | Hibernian | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 | Hibernian | 436 | (5) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2006—2007 |
Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 3 | (0) |
2007—2008 |
Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 8 | (0) |
2018 | Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 10-oktyabr 19:12 (utc) uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 10-oktyabr 19:12 (utc) uchun) |
Lewis Stevenson (talaffuzi: Lyuis Stivenson) (1988-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Lewis Stevenson Shotlandiya Premer-ligasining „Hibernian“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Lewis Stevenson hozirda „Hibernian“ klubi safida eng koʻp oʻynagan futbolchi hisoblanadi (2005-yilning sentyabridan buyon)[1][2]. Lewis Stevenson 2018-yilning may oyida Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi safida birinchi marta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushdi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lewis Stevenson oʻzi tugʻilib oʻsgan Kirkcaldy shahridagi Balwearie oʻrta maktabida oʻqigan. Lewis Stevenson 14 yoshida[3] „Hibernian“ klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[4]. Lewis Stevenson „Hibernian“ futbol klubi safida 2005-yil sentyabr oyida „Ayr United“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Lewis Stevenson John Collins qoʻl ostidagi „ Hibernian“ klubining asosiy tarkibida doimiy oʻyinchiga aylandi[5].
Lewis Stevenson klubdagi ilk golini 2011-yil 26-fevralda „Inverness CT“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[6].
Lewis Stevenson 2011—2012-yilgi mavsumda „Hibernian“ klubining asosiy tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda qatnashdi va „yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi[7]. Lewis Stevensonning 2011—2012-yil mavsumidagi oʻyinlari uning shartnomasi avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishini anglatardi[8].
2013-yil dekabr oyida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 200-uchrashuvini qayd etdi[9]. Bu vaqtda klub murabbiyi Terry Butcher Lewis Stevensonni chap yarim himoyachi sifatida maydonga tushira boshladi[10]. Bu oʻzgarish oʻzining natijasini berdi. Shundan soʻng, Lewis Stevenson „Kilmarnock“ klubiga qarshi oʻyinda faoliyatidagi ikkinchi golini urdi, keyin esa „Hearts“ klubiga qarshi oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi[10].
Lewis Stevenson 2014—2015-yilgi Shotlandiya kubogining beshinchi bosqichida klub uchun 250-uchrashuvini oʻtkazdi va 1885-yildan beri shuncha koʻp oʻyin oʻtkazgan 60-oʻyinchi boʻldi[11].
2015-yilgi mavsumda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. Lewis Stevenson 2015—2016-yilgi Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritgan „Hibernian“ jamoasining aʼzosi edi. Final oʻyinida „Hibernian“ klubi „Rangers“ klubini 3:2 hisobida magʻlub etdi[13]. Bu natija bilan Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan Shotlandiya milliy kubogi musobaqalarida gʻolib chiqqan birinchi futbolchiga aylandi[14][15]. Lewis Stevenson 2017-yilning may oyida „Hibanian“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[16].
2018-yilning noyabrida Lewis Stevensonning klub bilan shartnomasi 2020—2021-yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirildi[17]. Lewis Stevenson 2018—2019-yillarda „Hibernian“ klubi tarafdorlari assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan va oʻtmishda Lewis Stevenson ikki marta „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topilgan va 2014-yilda Assotsiatsiya tomonidan maxsus eʼtirof mukofotiga sazovor boʻlgan[18]. 2021-yil 11-yanvarda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 500-uchrashuvini oʻtkazdi[19]. 2021-yilning yanvarida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan 2022-yilning yozigacha amal qilishi kerak boʻlgan yangi shartnomani kelishib oldi[20].
2021-yilning noyabrida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan shartnomasini 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga rozi boʻldi[21].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Shotlandiya kubugi | Liga kubugi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Hibernian | 2005—2006[22] | Shotlandiya Premer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2006—2007[23] | Shotlandiya Premer-ligasi | 16 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 25 | 0 | |
2007—2008[24] | Shotlandiya Premer-ligasi | 21 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 23 | 0 | ||
2008—2009[25] | Shotlandiya Premer-ligasi | 29 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 32 | 0 | |
2009—2010[26] | Shotlandiya Premer-ligasi | 10 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 0 | ||
2010—2011[27] | Shotlandiya Premer-ligasi | 19 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 19 | 1 | |
2011—2012[28] | Shotlandiya Premer-ligasi | 29 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 0 | ||
2012—2013[29] | Shotlandiya Premer-ligasi | 29 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 33 | 0 | ||
2013—2014[30] | Shotlandiya Premer-ligasi | 35 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 43 | 1 | |
2014—2015[31] | Shotlandiya chempionati | 35 | 2 | 4 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | 44 | 3 | |
2015—2016[32] | Shotlandiya chempionati | 35 | 0 | 7 | 0 | 6 | 1 | 5 | 0 | 53 | 1 | |
2016—2017[33] | Shotlandiya chempionati | 34 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 42 | 1 | |
2017—2018[34] | Shotlandiya Premer-ligasi | 35 | 1 | 1 | 0 | 7 | 0 | — | 43 | 1 | ||
2018—2019[35] | Shotlandiya Premer-ligasi | 34 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 6 | 1 | 44 | 1 | |
2019—2020[36] | Shotlandiya Premer-ligasi | 27 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | — | 34 | 0 | ||
2020—2021[37] | Shotlandiya Premer-ligasi | 22 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | — | 28 | 0 | ||
2021—2022[38] | Shotlandiya Premer-ligasi | 23 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 32 | 0 | |
2022—2023[39] | Shotlandiya Premer-ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | |
Jami | 436 | 5 | 49 | 2 | 41 | 1 | 24 | 1 | 550 | 9 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Berry, Gavin. „Hibs star Lewis Stevenson admits he wouldn't make the Famous Five but cherishes being only Hibee to lift League Cup and Scottish Cup“. Daily Record (26-may 2016-yil). Qaraldi: 11-iyun 2016-yil.
- ↑ Gordon, Moira. „Lewis Stevenson is first Hibs player ever to win both cups“. Scotland on Sunday (22-may 2016-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
- ↑ „Hibs star Lewis Stevenson: We may be Scottish Cup finalists but SPL survival is our main aim“. Daily Record (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ Temple, Alan. „David Gray has sights set appearance at Hampden since school with Hibs“. The Herald. Herald & Times Group (7-mart 2015-yil). Qaraldi: 7-mart 2015-yil.
- ↑ Lindsay. „Kilmarnock 1–5 Hibernian“. BBC Sport (18-mart 2007-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
- ↑ Hannan, Martin. „Hibernian 2 – 0 Inverness CT: Hibs tap in to secret of booth“. Scotland on Sunday (27-fevral 2011-yil). Qaraldi: 27-fevral 2011-yil.
- ↑ „Precious points mean prizes to Hibs' Lewis Stevenson“. Edinburgh Evening News. Johnston Press (27-mart 2012-yil). Qaraldi: 8-aprel 2012-yil.
- ↑ „Stevenson Extends Stay“. hibernianfc.co.uk. Hibernian FC (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 20-aprel 2012-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Hibernian midfielder Lewis Stevenson rues 'terrible' goal record“. Daily Record (11-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
- ↑ 10,0 10,1 Brown, Anthony. „Ian Murray: Why Hibs can rely on Lewis Stevenson“. Edinburgh Evening News. Johnston Publishing (8-yanvar 2014-yil). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ Wilson. „Rangers 0–2 Hibernian“. BBC Sport (13-fevral 2015-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Stevenson extends Hibernian stay“. spfl.co.uk. Scottish Professional Football League (4-iyun 2015-yil). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2015-yil.
- ↑ „Scottish Cup final: Rangers 2-3 Hibernian“. BBC Sport (21-may 2016-yil). Qaraldi: 21-may 2016-yil.
- ↑ Berry, Gavin. „Hibs star Lewis Stevenson admits he wouldn't make the Famous Five but cherishes being only Hibee to lift League Cup and Scottish Cup“. Daily Record (26-may 2016-yil). Qaraldi: 11-iyun 2016-yil.
- ↑ Gordon, Moira. „Lewis Stevenson is first Hibs player ever to win both cups“. Scotland on Sunday (22-may 2016-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
- ↑ „Five Renew Contracts For Next Season“. Hibernian FC (9-may 2017-yil). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2017-yil.
- ↑ „Lewis Stevenson: Hibernian full-back extends contract until 2021“. BBC Sport (8-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
- ↑ „CONGRATULATIONS LEWIS STEVENSON“. Hibs Supporters'Association (8-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
- ↑ McPartlin, Patrick. „Lewis Stevenson speaks on 500 appearances for Hibs and 'strange' Celtic build-up“. Edinburgh Evening News (11-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Lewis Stevenson agrees new contract“. Hibernian FC (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Contract Extension For Lewis Stevenson!“. hibernianfc.co.uk (17-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- ↑ „Games played by Lewis Stevenson in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.