Leykoplastir
Leykoplastir, yopishqoq plastir — kanifol, sariq mum, rux oksid, lanolin, kauchuk va tozalangan benzindan iborat maxsus yopishqoq massa surtilgan yupqa mato (azifon). Eni 1 dan 8 sm gacha, uz. 5 m gacha boʻladi. Teriga jips yopishadi. Yaralarga va operatsiya qilingan joyga koʻyilgan bogʻlovni mahkam ushlab turish uchun ishlatiladi. Bakteritsid L. qam bor (qarang Bakteritsid kogʻoz).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |