Kontent qismiga oʻtish

Leykotsitoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Leykotsitoz - leykotsitlar (oq qon tanachalari)ning 1ml qondagi miqdori 11 000tadan oshishi[1][2][3]. Leykotsitozning ikki turi farqlanadi: fiziologik va reaktiv leykotsotsitoz.[1]                    

Fiziologik leykotsitoz

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fiziologik leykotsitoz – turli aʼzo va toʻqimalar tomirlari orasida leykotsitlarning qayta taqsimlanish hisobiga amalga oshadi. Koʻpincha qon depolari: taloq, oʻpka, qizil ilikdagi leykotsitlarning u yerdan chiqib harakatdagi qonga oʻtishi kuzatiladi. Fiziologik leykotsitozning quyidagi turlari mavjud:

Yosh bilan bogʻliq leykotsitoz - goʻdaklarda leykotsitlar miqdori yuqori boʻladi. Masalan, yangi tugʻilgan chaqaloqda 10000 – 25000 / mm3 bo’lsa, u voyaga yetgani sari leykositlar miqdori fiziologik kamayib boradi.

Ovqat hazm qilish bilan bogʻliq leykotsitoz - ovqat qaʼbul qilgandan keyin yuzaga keladigan leykotsitoz hisoblanadi. Leykotsitlar biroz (1-3mingga) oshishi kuzatiladi. Ammo, fiziologik normaning yuqori chegarasidan oshmaydi. Leykotsitlar koʻp miqdorda ichak shilliq osti qatlamida yigʻiladi va himoya vazifasini bajaradi. (ovqatga va yot moddalarga nisbatan).

Miogen (funksional) leykotsitoz - ogʻir jismoniy ish bajargandan soʻng kuzatiladigan leykotsitozda oq qon tanachalari 3-5 marotaba koʻpayishi mumkin. Jismoniy mehnat vaqtida muskullarda juda koʻp leykotsitlar yigʻiladi. Miogen leykotsitozda leykotsitlarning qayta taqsimlanishidan tashqari qon ishlovchi aʼzolar faoliyati jadallashib koʻplab yangi leykotsitlar hosil boʻlishi kuzatiladi.

Ogʻriq sezilgandagi leykotsitoz.[4]

Emotsional leykotsitoz – kuchli ruhiy kechinmalar vaqtida yuzaga keladigan WBC larning koʻpayishi hisoblanadi. M: imtihon vaqtida WBC larning soni 11 000ga yetganligi tajribalarda kuzatilgan.

Homiladorlik vaqtidagi leykotsitoz (12000- 15000/mm3) – juda koʻp leykotsitlar bachadon shilliq qavati ostida yigʻiladi va homilador ayol organizmiga mikroblar tushishini oldini oladi. (shuningdek, hayz koʻrish va tugʻruq jarayonlarida ham)[1][2]

Temperatura pasayishi ham leykositozga sabab boʻladi.

Epinefrin inyeksiyasidan keyingi leykotsitoz.[1]

Reaktiv (haqiqiy) leykotsitoz

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reaktiv yoki haqiqiy leykotsitoz – patalogik jarayonlarga javob reaksiyasi hisoblanadi.[1] Bu vaqtda leykotsit ishlab chiqaruvchi aʼzolarda leykotsitlar ishlab chiqarilishi kuchayadi va leykotsitar formulada oʻzgarishlar yuzaga keladi. Sabablari esa quyidagicha:                                                                                                    

Oʻtkir bakterial infeksiyalar, ayniqsa, piogen (yiringli) mikroorganizmlar keltirib chiqaruvchi infeksion kasalliklarda[1][2]                                                      

Oʻtkir qon yoʻqotilishda kuzatiladigan leykotsitoz                                                                                                                                                        

Kuyishda yuzaga keladigan leykotsitoz                                                                                                                                                                                                              

Miokard infarktida kuzatiladigan leykotsitoz                                                                                                                                                                  

Operatsiyadan keyingi davrda yuzaga keladigan leykotsitoz                                                                                                                                                          

Tuberkulyoz (oʻpka sili)da kuzatiladigan leykotsitoz                                                                                                                                                                                

Bezgak isitmasi davrida kuzatiladigan leykotsitoz

Tarkibiga koʻra turlari[5]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leykotsitoz yuzaga kelganda oq qon hujayralari turiga koʻra subtoifalarga boʻlish mumkin. Neytrofillar koʻtarilgan leykotsitoz - neytrofiliya;  limfotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - limfotsitoz;  monotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - monositoz;  va eozinofillar soni koʻtarilgan leykotsitoz eozinofiliyadir.[6] Ular orasida eng koʻp uchraydigani neytrofilli leykositoz hisoblanadi.[7] Leykotsitozning eng xavfli (ekstrimal) shakli bu oq qon hujayralari sonining 100 000 mkl dan oshishi hisoblanadi. 

Leykotsitoz sabablari
Neytrofilli

leykotsitoz

(neytrofiliya)

  • oʻtkir bakterial infeksiyalar, ayniqsa piogen infeksiyalar
  • mahalliy infeksiyalar
    • Toʻqima nekrozi
      • Miokard infarkti
      • Kuyish
Eozinofilli

leykotsitoz

(eozinofiliya)

  • Allergik kasalliklar
    • Astma
    • isitma
    • dorilarga qarshi allergiya
    • terining allergik kasalliklari
      • Pemfigus
      • Dermatit
  • Parazitli infeksiyalar
  • baʼzi oʻsma kasalliklari
    • Xodjkin limfomasi
    • baʼzi no-Xodjkin limfomalar
  • sistemali autoimmun kasalliklar
  • vaskulitlar
  • oʻtli embolizmlar
Bazofilli

leykotsitoz

(bazofiliya)

(juda kam uchraydi)
  • Mieloproliferativ kasalliklar (masalan, mielogen leykemiya)
Monositoz
  • Surunkali infeksiyalar
    • Tuberkulyoz
    • Bakterial endokardit
    • Rikketsioz
    • Malaria (bezgak)
  • sistemali autoimmun kasalliklar
  • ichak yalligʻlanish kasalliklari (yarali kolit)
  • baʼzi oʻsma kasalliklari
Limfotsitoz
  • Surunkali infeksiyalar
    • Tuberkulyoz
    • Brutselloz
  • Virusli infeksiyalar
    • Gepatitlar
    • Sitomegalovirus infeksiyasi
    • Infeksion mononukleoz
  • Pertussis
  • baʼzi oʻsma kasalliklari

Leykotsitozga tashxis leykotsitlar sonini sanash va aynan qaysi turining koʻpayishini aniqlash bilan qoʻyiladi. Quyida har xil turdagi leykotsitlar uchun qon mos yozuvlar diapazonlari keltirilgan.[8]  97,5 foizlilik (tasvirdagi intervallardagi oʻng chegaralar, 95% taxmin qilish mumkinligini koʻrsatadi) leykotsitozni aniqlash uchun umumiy chegaradir.

Aksariyat hollarda davolanish shart boʻlmasada, baʼzi leykozli bemorlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan giperleykotsitoz (WBC soni > 50 yoki 100 × 109/L) leykostazning oldini olish uchun davolanadi.[9][10]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  2. 2,0 2,1 2,2 Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.
  3. Rogers, Kara, ed. (2011), "Leukocytosis definition", Blood: Physiology and Circulation, Chicago: Britannica Educational Publishing, p. 198, ISBN 978-1-61530-250-5, retrieved 12 November 2011
  4. Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.
  5. Zorc, Joseph J, ed. (2009), "Leukocytosis", Schwartz's Clinical Handbook of Pediatrics (4th ed.), Philadelphia: Wolters Kluwer/Lippincott Williams & Wilkins, p. 559, ISBN 978-0-7817-7013-2, retrieved 12 November 2011
  6. Table 12-6 in:  8th edition.
  7. Schwartz, M. William, ed. (2003), "Leukocytosis", The 5-Minute Pediatric Consult (3rd ed.), Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, p. 54, ISBN 0-7817-3539-4, retrieved 12 November 2011
  8. Specific references are found in article Reference ranges for blood tests#White blood cells 2.
  9. "Leukocytosis Treatment & Management". Medscape.
  10. Schiffer, Charles. "Hyperleukocytosis and leukostasis in hematologic malignancies". UpToDate.