Leyla Guven
Leyla Guven (1964-yil 6-mayda Jihanbeylida tugʻilgan) — asli kurd boʻlgan turk siyosatchisi hisoblanadi.
Dastlabki faoilati va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leyla Guven 1964-yil 6-mayda Koniyaning Jihanbeyli tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni tamomlagandan so'ng, kasb-hunar litseyini bitiradi. U bolaligi hamda yoshligini Germaniyada ishchilar oilasida o'tkazadi.
Siyosatga 1994-yilda Xalq demokratiyasi partiyasi Konya viloyat ijroiya kengashi a’zosi sifatida kirib keladi. U dastlab HADEP Konya ayollar bo‘limi prezidenti, HADEP markazi ayollar bo‘limi menejeri bo'ladi, Demokratik Xalq partiyasi Assambleyasi a’zosi hamda DEHAP Adana ayollar bo‘limi raisi lavozimlarida faoliyat yuritadi. Adananing Seyhan tumanidagi Küçük Dikili shaharchasi hokimi hamda Shanliurfaning Viranshehir shahar hokimi lavozimlarida ish yuritadi. 2015-yil iyun oyida bo'lib o'tgan umumiy saylovlarda Xalqlarning Demokratik partiyasiga (HDP) 25-o'rinda saylanishga erishadi. Shanliurfa deputati sifatida parlamentga kiradi. HDP 2018-yilgi umumiy saylovlarda 27-o'rinni egalladi. Bu davr uchun Hakkari deputati etib qayta saylanadi. U PKK yetakchisi Abdullah O'jalanga qarshi KCK tergovi olib borilgani sababli qamoqda bo'lganida ochlik e'lon qiladi.
Hibsga olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]KCK ishi bo'yicha Leyla Guvenga berilgan 6 yil 3 oylik qamoq jazosi Oliy sud tomonidan o'z kuchida qoldiriladi. HDP Hakkari deputati sifatida parlamentda faoliyat yuritgan Leyla Gyuvenning qamoq jazosini tasdiqlash bilan birga 2020-yil 4-iyun kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh Assambleyasi qarori chiqishi bilan uning deputatlik mandati bekor qilinadi. 2020-yilning 21-dekabr kuni “terror tashkiloti yetakchisi” deb ayb qo'yilishi bilan 22 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etiladi hamda Guven hibsga olinib, Diyarbakir ayollar qamoqxonasiga yuboriladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Leyla Güven: 'Örgüt üyeliği' suçlamasıyla 22 yıl 3 ay hapis cezası verilen DTK Eş Başkanı tutuklandı“. BBC Türkçe (21 aralık 2020). Qaraldi: 24 aralık 2020.