Leytenant
Qiyofa
Leytenant (frans. lieutenant) — koʻpgina mamlakatlarda kichik ofitserlarning harbiy unvoni. Fransiyada 15-asrda paydo boʻlgan; boshligʻi vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ofitserni Leytenant deb atashgan. 17-asrning 2-yarmidan Fransiya va boshqa Yevropa davlatlari armiya va flotidagi mansab. Leytenant mansabi Rossiya flotida 18-asrning boshidan mavjud boʻlgan. Sobiq Ittifoq qurolli kuchlarida 1935-yillarda Leytenant va katta leytenant, 1937-yillarda kichik Leytenant unvoni joriy qilingan.
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida Leytenant, kichik leytenant va katta leytenant unvonlari mavjud. Adliya, bojxona, avtomobil nazorati, ichki ishlar, favqulodda hodisalar vazirligi va boshqalarda ham bu unvon bor. [1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |