Kontent qismiga oʻtish

Li Chan Yur

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Li Chan Yur
Tavalludi 10-noyabr 1924-yil
Nikolaevka qishlogʻi, Olginskiy tumani, Primorsk viloyati, Uzoq Sharq viloyati
Vafoti 26-may 1978-yil(1978-05-26)
(53 yoshda)
Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati
Mukofotlari

Li Chan Yur (1924-yil 10-noyabr, Uzoq Sharq viloyati, Primorsk viloyati, Olginskiy tumani, Nikolayevka qishlogʻi – 1978-yil 26-may) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Sverdlov nomidagi kolxoz aʼzosi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Li Chan Yur 1924-yil 10-noyabrda (baʼzi maʼlumotlarda 1922-yilda) Olginskiy tumani, Nikolaevka qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. U Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov nomidagi kolxozda yetti yillik maktabni tamomlagan. 1950-yillarning boshidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri, brigadir va chorvador boʻlib ishlagan.

1950-yilda Li Chan Yur boʻlinmasi 9 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 153,4 sentnerdan yashil kenaf poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].

Katta mehnat yutuqlari uchun 1952-yilda ikkinchi marotaba Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Li Chan Yur bir necha bor Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida ishtirok etgan va sovrindor boʻlgan.

Li Chan Yur 1978-yil 26-mayda toʻsatdan vafot etgunga qadar Sverdlov kolxozida ishlayotgan boʻlgan. U Sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Ahmad Yassaviy nomidagi fermer xoʻjaligi, Yuqori Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan.

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999