Li Chen Gim
Li Chen Gim | |
---|---|
Tavalludi |
6-fevral 1919-yil Primorsk viloyati, Nikolayevka qishlogʻi |
Vafoti |
20-may 1986-yil (67 yoshda) |
Mukofotlari |
Li Chen Gim (1919-yil 6-fevral, Primorsk viloyati, Nikolayevka qishlogʻi – 1986-yil 20-may [1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Sverdlov nomidagi kolxoz aʼzosi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Chen Gim 1919-yil 6-fevralda Primorsk viloyatining Nikolayevka qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Oʻrta maktabning 9-sinfini Yuqori Chirchiq tumanida tamomlagan. 1941-yildan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri, brigadir yordamchisi boʻlib ishlagan.
1950-yilda Li Chen Gim boʻlinmasi 8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 141,7 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].
Li Chen Gim Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan (1955, 1957, 1971, 1973).
U 1953-yilda Yuqori Chirchiq tumanining Bardankoʻl qishloq kengashiga deputat etib saylangan. 1956-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Li Chen Gim 1975-yilda nafaqaga chiqqunga qadar kolxozda ishlagan. Unga kasaba uyushma ahamiyatiga ega nafaqa tayinlangan. Li Chen Gim 1986-yil 20-mayda vafot etgan va sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Ahmad Yassaviy nomidagi fermer xoʻjaligi, Yuqori Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. koryo-saram.site. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Ли Чен-Гым - Герой Социалистического Труда“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
- ↑ „ВЭКС. Герой Социалистического труда Ли Чен Гым“. www.youtube.com. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.