Li Chunyu
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 9-oktyabr 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Shenyang, Liaoning, China | ||
Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2009 | Shenyang Ginde | 65 | (3) |
2010 | Rad | 1 | (0) |
2010 | Gangwon FC | 7 | (0) |
2011—2014 | Guizhou Renhe | 84 | (1) |
2015—2019 | Shijiazhuang Yongchang | 68 | (1) |
2020 | Shanghai Jiading Huilong | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2003 | Xitoy U-17 | 3 | (0) |
2010 | Xitoy | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-iyul 2013-yil uchun) |
Li Chunyu (talaffuzi: Li Chunyuy) (1986-yil 9-oktyabr, Shenyang, Liaoning shahrida tugʻilgan) — xitoylik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Chunyu professional futbolchilik faoliyatini Xitoy Superligasi klubi Shenyang Gindeda boshlagan, u yerda 2004-yil 31-oktyabrda Liaoning Zhongyuga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan[1]. 2007-yilgi liga mavsumiga kelib u jamoaning ajralmas aʼzosiga aylangan va 19-mart kuni „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi ligadagi golini urgan[2].
2010-yil yanvar oyida u Serbiyaning yuqori divizion vakili FK Rad klubida oʻynash uchun Yevropaga koʻchib oʻtgan va u yerda 2010-yil 14-martda OFK Beogradga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan[3]. Klubdagi faoliyati davomida u juda kam maydonga tushgan va mavsum oxirida shartnoma bekor qilingan. Erkin agent sifatida u 2010-yil iyul oyida K-liga vakili Gangwon FCga oʻtgan va 2010-yil 7-avgustda Ulsan Hyundaiga qarshi 2-2 hisobida durang oʻynab, ligadagi debyutini oʻtkazgan. Klubga liga musobaqasining yarmida qoʻshilganiga qaramay, u mavsum oxirigacha ligada yettita oʻyinda maydonga tushgan.
Li Xitoyga qaytgach Xitoy Superligasida oʻynayotgan Shijiazhung Yonchang bilan shartnoma imzolagan va bir yildan soʻng klub nomi Guizhou Renhega oʻzgartirilgan[4]. Uning Xitoyga qaytgach, tezda oʻz klubi bilan ajoyib oʻyinlar koʻrsata boshladi va 2013-yilgi Xitoy FA kubogi finalida magʻlubiyatga uchragan. Shu tariqa oʻzining birinchi kumush medalini qoʻlga kiritgan[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida u Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan va 2003-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida qatnashish uchun yetarlicha tajribali deb hisoblangan. U turnir davomida Xitoyning barcha oʻyinlarida ishtirok etgan. Uning Xitoy terma jamoasidagi debyuti 2010-yil 17-noyabrda Latviyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshgan. Xitoy 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[6].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shenyang Ginde | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 5 | 0 | 0 | 0 | - | - | 5 | 0 | ||
2005 | 16 | 0 | 0 | 0 | - | - | 16 | 0 | ||||
2006 | 5 | 0 | 1 | 0 | - | - | 6 | 0 | ||||
2007 | 20 | 3 | - | - | - | 20 | 3 | |||||
2008 | 18 | 0 | - | - | - | 18 | 0 | |||||
2009 | 1 | 0 | - | - | - | 1 | 0 | |||||
Jami | 65 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 66 | 3 | ||
Rad | 2009—2010 | Serb SuperLigasi | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
Gangwon FC | 2010 | K 1-Liga | 7 | 0 | 0 | 0 | - | - | 7 | 0 | ||
Guizhou Renhe | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 21 | 0 | 0 | 0 | - | - | 21 | 0 | ||
2012 | 23 | 0 | 1 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||||
2013 | 20 | 1 | 4 | 0 | 3 | 0 | - | 27 | 1 | |||
2014 | 20 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 25 | 0 | ||
Jami | 84 | 1 | 6 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 97 | 1 | ||
Shijiazhuang Ever Bright | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 23 | 1 | 0 | 0 | - | - | 23 | 1 | ||
2016 | 20 | 0 | 0 | 0 | - | - | 20 | 0 | ||||
2017 | Xitoy Birinchi Ligasi | 7 | 0 | 0 | 0 | - | - | 7 | 0 | |||
2018 | 14 | 0 | 0 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||||
2019 | 4 | 0 | 2 | 0 | - | - | 6 | 0 | ||||
Jami | 68 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 70 | 1 | ||
Shanghai Jiading Huilong | 2020 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 6 | 0 | - | - | - | 6 | 0 | |||
Karyerada jami | 231 | 5 | 9 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 247 | 5 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Guizhou Renhe
- Xitoy FA kubogi : 2013[5]
- Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1-3 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (31-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.
- ↑ „1-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (19-may 2007-yil). Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.
- ↑ „OFK BEOGRAD - RAD 3:2“. superliga.rs (14-mart 2010-yil). Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.
- ↑ Li Chunyu at National-Football-Teams.com
- ↑ 5,0 5,1 „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ „China PR 1-0 Latvia“. teamchina.freehostia.com (17-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.