Li Jianhua
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 12-fevral 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Meixian, Guangdong, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Guangdong South China Tiger | ||
Raqami | 14 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2008 | Shenzhen Shangqingyin | 156 | (6) |
2009—2012 | Guangzhou Evergrande | 97 | (3) |
2013—2015 | Guangzhou R&F | 19 | (0) |
2016 | Shenzhen Baoxin | ||
2017—2019 | Meixian Techand | 27 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Xitoy | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-noyabr 2018-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-noyabr 2013-yil uchun) |
Li Jianhua (talaffuzi: Li Szyanxua) nafaqadagi xitoylik futbolchi, oxirgi marta Xitoy Birinchi ligasida Guangdong South China Tiger jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U oʻz faoliyatini 2002-yilgi mavsumda boshlagan va oʻzining debyut mavsumida 21 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan[1]. Shenzhen Shangqingyin jamoasi bilan muntazam musobaqalarda qatnashgan, uning eng yuqori yutugʻi 2004-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi chempionligi boʻlgan. Chempionlikni qoʻlga kiritganidan soʻng, jamoa oʻz yutuqlarini takrorlay olmagan, hattoki quyi ligaga tushib ketgan. Inqirozga qaramay Li yana bir necha mavsum jamoada qolishga qaror qilgan. 2009-yilgi mavsum boshida u keyinchalik Guangzhou Evergrand nomini olgan Guangzhou Pharmaceutical FC jamosiga oʻtgan. Li jamoadoshlari Jiang Ning va Vu Pingfen bilan birga 2013-yilning yanvarida Guangzhou Evergrandning raqibi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan[2]. U 2015-yil oxirida Guangzhou R&Fni tark etgan va 2016-yilda Shenzhen Baoxin havaskorlar jamoasida oʻynagan. 2016-yil 9-noyabrda Li Xitoyning ikkinchi ligasida oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi Meixian Hakka bilan shartnoma imzolagan[3].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Jianhua 2008-yilning 16-aprelida Meksikaga qarshi oʻyinda Xitoy tarkibida debyut qilgan va oʻsha oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Xitoyliklar bu oʻyinda magʻlubiyatga uchrashgan[4]. U 2008-yil 23-aprel kuni Salvadorga qarshi Xitoy terma jamoasi bilan yana bir oʻyinda maydonga tushgan va bu oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan[4].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | FA Kubogi | CSL Kubogi | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shenzhen Xiangxue Eisiti | 2002 | 25 | 1 | - | 25 | 1 | |||
2003 | 23 | 0 | - | 23 | 0 | ||||
2004 | 14 | 1 | 14 | 1 | |||||
2005 | 21 | 1 | 21 | 1 | |||||
2006 | 21 | 1 | - | 21 | 1 | ||||
2007 | 25 | 2 | - | - | 25 | 2 | |||
2008 | 27 | 0 | - | - | 27 | 0 | |||
Jami | 156 | 6 | 156 | 6 | |||||
Guangzhou Evergrande | 2009 | 28 | 0 | - | - | 28 | 0 | ||
2010 | 24 | 2 | - | - | 24 | 2 | |||
2011 | 28 | 0 | 2 | 0 | - | 30 | 0 | ||
2012 | 17 | 1 | 4 | 1 | 4 | 0 | 25 | 2 | |
Jami | 97 | 3 | 6 | 1 | 4 | 0 | 107 | 4 | |
Guangzhou R&F | 2013 | 12 | 0 | 1 | 0 | - | 13 | 0 | |
2014 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 4 | 0 | ||
2015 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | ||
Jami | 19 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 20 | 0 | |
Meixian Techand | 2017 | 18 | 0 | 2 | 0 | - | 20 | 0 | |
2018 | 9 | 0 | 1 | 0 | - | 10 | 0 | ||
Jami | 27 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shenzhen Jianlibao
- Xitoy Superligasi : 2004-yil
- Xitoy Superligasi: 2011, 2012
- Xitoy Birinchi ligasi : 2010[5]
- Xitoy FA kubogi : 2012[6]
- Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Li Jianhua“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.
- ↑ „俱乐部与球员姜宁、吴坪枫及李健华签约“. Guangzhou R&F F.C. (11-yanvar 2013-yil). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2013-yil.
- ↑ „落叶归根!梅县籍球员李健华加盟梅县客家“. sohu.com (2016-yil 9-noyabr). Qaraldi: 9-noyabr 2016-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Li Jianhua“. football-lineups.com. Qaraldi: 30-iyul 2012-yil.
- ↑ „中甲最新积分榜:恒大稳胜摘联赛桂冠 南京有有降级“. sports.sina.com.cn (3-aprel 2010-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.
- ↑ „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.