Li Ruofan
Li Roufan | |
---|---|
Mamlakat | Xitoy |
Tugʻilishi |
30-aprel 1978-yil Zheingjiang, Jiangsu, Xitoy |
Saravha | Xalqaro shaxmat ustasi, ayol grosstmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2433 (2003) |
Li Ruofan (xitoycha: 李若凡; talaffuzi: Li Jofan 1978-yil 30-aprelda tugʻilgan)[1] xitoylik shaxmatchi, FIDE xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. 2001-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati[2] va 2006-yilda Wuxi shahrida boʻlib oʻtgan xitoylik ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida 8½/12 hisobdagi muhim gʻalabalarga erishgan[3].
Li Ruofan 1999-yilda Xitoy milliy „B“ jamoasida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazib (+0, =2, −1) umumiy rekord natija koʻrsatgan[4].
2002-yilda Li Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻlgan[5]. 2007-yilda esa u milliy federatsiya oʻyinlarini Singapur vakili sifatida oʻtkazdi[6]. 2008-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Japfa shaxmat festivalida olti oʻyinchi ishtirok etgan ikkita davra musobaqasida Li Ruofan WGM turnirida gʻolib boʻldi[7][8]. Li 2016-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Ayollar shaxmat Olimpiadasida Singapur terma jamoasi safida oʻynagan va +4 =4 −2 (60 %) ball toʻplagan.
Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jahon chempionatidagi faoliyati:
- 2001-yilda Moskvada birinchi raundda Anna Zatonskiyaga yutqazdi;
- 2012-yilda Xanti-Mansiyskda birinchi davrada Irina Krushga yutqazib qoʻygan.
Li Ruofan Singapur shaʼnini ikkita Shaxmat Olimpiadasida (2012, 2016) himoya qilgan, bundan tashqari, 2012-yilda u erkaklar jamoasida ham oʻynagan. 1999-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida Xitoy sharafini himoya qilgan va umumjamoa hisobida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2017-yildan u yana Xitoy federatsiyasida faoliyatini davom ettira boshladi[9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Li Shenjenda eri va murabbiyi boʻlmish grossmeyster Zhang Zhong bilan yashaydi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „西部国际象棋“. www.chessinchina.net. 2013-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „rediff.com: Ruofan wins Asian women's chess“. www.rediff.com.
- ↑ „THE WEEK IN CHESS 609 10th July 2006 by Mark Crowther“. Chess and Bridge. 2006-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „OlimpBase :: Women's Asian Team Chess Championship :: Li Ruofan“. www.olimpbase.org.
- ↑ Crowther. „7th World University Chess Championships“. The Week in Chess (30-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 10-aprel 2016-yil.
- ↑ PLayer transfers in 2007. FIDE.
- ↑ Japfa Chess Festival 2008 – WGM Tournament Section. Tournament report. FIDE.
- ↑ 4th Japfa Festival WGMs, Jakarta 2008. IndonesiaBase.
- ↑ Player transfers in 2017. FIDE.
- ↑ „Ni hao, GM Zhang Zhong and WGM Li Ruofan“. Chess News (10-yanvar 2008-yil).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Li Ruofan at Chessmetrics