Kontent qismiga oʻtish

Liliya Vilchek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Liliya Vilchek
Tavalludi 15-fevral 1938-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 7-mart 2020-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy unvoni Professor

Liliya (Lilya) Sharifovna Vilchek (1938-yil 15-fevral, Toshkent – 2020-yil 7-mart, Moskva) – sovet va rus adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori hamda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining professori.

Liliya Sharifovna Vilchek 1938-yil 15-fevralda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.

1960-yilda Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Keyinchalik 1967-yilda huddi shu universitetning aspiranturasini tamomlagan[1].

Liliya Sharifovna Norilskda 1960-yildan 1962-yilgacha va Toshkent nashriyotlarida jurnalist boʻlib faoliyat olib borgan. „Tekstilshik“ gazetasining (Toshkent) mas’ul kotibi lavozimida va Rossiya Federatsiyasida Agrosanoat deputatlik guruhida ishlagan.

Vilchek filologiya fanlari nomzodi boʻlgan (1973, dissertatsiyasi „publitsist V. Ovechkin ijodi“). 1977-yildan Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida (adabiy-badiiy tanqid va jurnalistika kafedrasi) dars bera boshlagan va ilmiy maqolalar chop etgan[2].

Liliya 1993-yilda „1950–1980-yillarda qishloq jurnalistikasining rivojlanish namunalari: tarixiy-nazariy tadqiqotlar tajribasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sharifovna SSSR Jurnalistlar uyushmasi va Moskva Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan (1992).

Liliya Vilchek Vsevolod Vilchek oila qurgan.

Liliya Sharifovna 2020-yil 7-martda Moskva shahrida vafot etdi va Vagankovskoye qabristoniga dafn qilindi.

Sharifovna 1960-yildan oʻz ijodini boshlagan. U mahalliy jurnalistika tadqiqotchisi boʻlgan.

Insholar

„Valentin Ovechkin. Jizn i tvorchestvo“. Moskva. 1977-yil;

„Yigʻim terimdan keyingi manzara. Qishloq jurnalistlar nigohida“. „Sov. pisatel“, 1988-yil;

„50-80-yillardagi sovet jurnalistikasi“. (V. Ovechkindan Y. Chernichenkogacha). Moskva davlat universiteti nashriyoti, 1996-yil.

Oʻzining tanqidiy maqolalarini 1987-yilda „Znamya“ jurnalida chop ettirgan.

  1. „ВИЛЬЧЕК, ЛИЛИЯ ШАРИФОВНА“. 2023-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  2. „ВИЛЬЧЕК, ЛИЛИЯ ШАРИФОВНА“. 2023-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.