Lilya Budjurova
Lilya Rustemovna Budjurova (qrim tatarcha: Lilâ Rustem qızı Bucurova, Lily Rustem qizi Budzhurova, ukraincha: Ліля Рустемівна Буджурова; 1958-yil 1-noyabrda Toshkent viloyati Angren shahrida tugʻilgan) — qrim-tatar shoirasi va jurnalisti. Ukrainada xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2005-yil)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lilya Budjurova 1958-yil 1-noyabrda O‘zbekistonning Angren shahrida tug‘ilgan. 1979-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetinining[2] filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-1991-yillarda rus va xorijiy til adabiyoti fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan[3].
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yilda Lilya birinchi „Nekuplenniy bilet“, keyinchalik „Kogda mi vernyomsya“ samizdat to‘plamlarini nashr ettirgan. 1991-yilda u Qrimga ko‘chib o‘tgan. 1991-yildan 1997-yilgacha shoira Qrim-tatar gazetasining siyosiy nashri hisoblangan Avdetga bosh muharrirlik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Mustafo Jemilyevni (ukrainalik siyosatchi)tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan[4].
Budjurova 1991-yildan 2011-yilgacha Qrim-tatar tahririyati muharriri, so‘ngra „Qrim“ davlat teleradiokompaniyasining yetakchi muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Yillar davomida u bu yerda „Ona-yurt“, „Xavfli hudud“, „Bosh muharrir“ kabi qator mualliflik dasturlarini yo‘lga qo‘ygan va efirga uzatgan.
- 2004-2014-yillarda „Pervaya Krimskaya“ gazetasi bosh muharriri[3];
- 1992-2009-yillarda „STB“ telekanali muxbiri;
- 1992-yildan shu kungacha „France Press“ axborot agentligi muxbiri lavozimida ishlab kelgan.
- Jurnalist tashabbusi bilan „Ukrainskaya pravda“ onlayn gazetasi chop etilgan.
- 1997-yildan Qrim erkin jurnalistlar uyushmasi raisi etib saylangan.
- 2012-yildan — „ATR“ telekanalining axborot siyosati bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari;
- „Gravitatsiya“ siyosiy-ijtimoiy teleko‘rsatuvi muallifi.
Budjurova bu lavozimni 2015-yil 1-aprelda telekanal yopilishi munosabati bilan tark etgan.
- 2015-yil avgust oyidan — „Qara Deniz production“ ishlab chiqarish studiyasi direktori o‘rinbosari;
- Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan „Sanlı ses“[5] isteʼdodli bolalar tanlovining tashkilotchilaridan biri.
- 2016-yilda u qrimlik musulmon mahbuslar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha „Bizning bolalarimiz“ ijtimoiy harakati asoschilaridan biriga aylangan.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Budjurova 1991-yilda Qirim-tatar xalqining II Qurultoyiga delegat etib saylangan. Qrim-tatar xalqi tomonidan ikki marta ushbu lavozimga tayinlangan(1991-yildan 1997-yilgacha aʼzo). 1994-yildan 1998-yilgacha Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. 2015-yil 2-noyabr kuni Lenur Islomovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha uyida tintuv o‘tkazilgan[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1992-yilda Ikki samizdat sheʼriy to‘plami va bir qator publitsistik maqolalari uchun Ismoil Gasprinskiy mukofoti sovrindori;
- Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashining Faxriy diplomi (2000-yil mualliflar jamoasi tarkibida) [7];
- 2001-yil Vasiliy Stus mukofoti laureati;
- 2005-yili Ukrainada xizmat ko‘rsatgan jurnalist [1];
- 2015-yili III darajali ,,Buyuk xizmatlari uchun" ordeni[8];
- „Jurnalistikaning yuqori standartlari“ mukofoti (Ukraina, 2018-yil) — „Yuqori sifatli mintaqaviy media loyihasi uchun“ nominatsiyasida, media — Crimean Tatars sifatida eʼtirof etilgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Указ Президента України від 30 листопада 2005 року № 1677/2005 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди річниці підтвердження всеукраїнським референдумом Акта проголошення незалежності України 1 грудня 1991 року»
- ↑ ЛИЛЯ БУДЖУРОВА: «КАЖДЫЙ ИЗ НАС ОДНАЖДЫ СПРАШИВАЕТ СЕБЯ, КТО Я: ЖУРНАЛИСТ ИЛИ ЧЕЛОВЕК ИЗ ОБСЛУГИ?»
- ↑ 3,0 3,1 „Известные люди юга России“. 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
- ↑ Лиля Буджурова: Правда стоит сломанных рук
- ↑ „Публикация этих фото — самый сильный ход пресс-службы Совмина Республики Крым со времён начала «Светопредставления»“. 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ Лиля Буджурова: не пугайте автоматами мою семью и мой народ
- ↑ „О награждении Почетной грамотой Совета министров Автономной Республики Крым“. Верховна Рада України. Законодавство АР Крим. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ Указ Президента України від 5 червня 2015 року № 313/2015 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня журналіста»
- ↑ „У Львові оголосили переможців премії «Високі стандарти журналістики-2018»“ (uk). Премія «Високі стандарти журналістики» (2020-yil 15-dekabr). 2020-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Лиля Буджурова (Слезы народа) (rus.)
- Кримологія (Wayback Machine saytida 2022-04-15 sanasida arxivlangan) (rus.)