Lim-ford boʻgʻozi
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lim-ford boʻgʻozi, Limf-ord – Daniyaning shimolidagi boʻgʻozlar sistemasi, Shimoliy dengizni Kattegat boʻgʻozi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 180 km. Tor ilon izi oʻzanlar bilan bogʻlangan koʻlsimon kengliklardan iborat. L.-f.b. Vennyussel o.ni Yutlandiya yarim oroldan ajra-tib turadi. Chuq. 3—5 m. L.-f.b.da 90 dan ortiq orol bor, yiriklari – Mors va Fur. Olborg portiga sharq tomondan katta kemalar ham kira oladi, do-imiy ravishda tozalanadigan va ayrim joylari kanallashtirilgan farvater mavjud. L.-f. b.da baliq va ustritsa ovlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |