Lina Hurtig
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lina Mona Andréa Hurtig[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-sentyabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Avesta, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Juventus | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Avesta AIK | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011 | Gustafs GoIF | 20 | (14) |
2012—2016 | Umeå IK | 88 | (24) |
2017—2020 | Linkopings | 54 | (17) |
2020– | Juventus | 34 | (11) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011—2012 | Shvetsiya U17 | 6 | (2) |
2012—2014 | Shvetsiya U19 | 23 | (7) |
2014– | Shvetsiya | 54 | (18) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-iyun 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-aprel 2022-yil uchun) |
Lina Mona Andréa Hurtig (1995-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, A Seriyaning Juventus klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]15 yoshga toʻlganidan soʻng, Avestadan boʻlgan Hurtig 2011-yilgi mavsumni Norrettanda Gustafs GoIF jamoasida futbol oʻynab oʻtkazdi[3]. U 20 ta oʻyinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi[4]. Musobaqa oxirida unga Damallsvenskan klublari LdB FC Malmö va Umeå IK dan takliflar boʻldi. U qisqa mashgʻulotdan soʻng i Umeå IK safiga borib qoʻshildi.[5]
2016-yilgi mavsumdan soʻng Umea quyi ligaga tushib ketdi soʻng, Hurtig ikki yillik shartnoma asosida liga chempioni Linköpings klubiga oʻtdi[6].
2020-yil 31-avgustda Hurtig Juventusga oʻtdi[7].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida Hurtig 2012-yilgi U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. U gʻalaba qozongan Shvetsiya jamoasining finalda Ispaniyaga qarshi qoʻshimcha taymda 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinini boshlab bergan.
2012-yil dekabr oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundxage Hurtigni Bosondagi yigʻinga chaqirdi[8]. Hurtig 2013-yil 19-iyun kuni Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 1:1 hisobida durang oʻynagan kattalar tarkibiga ham kiritilgan[9] U mezbonlarning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun yakuniy tarkibidan joy olishga umid qilgan, ammo chaqiruv olmagan.
Hurtigni 2013-yil may oyida Norvegiyaga qarshi turnirdan oldingi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydondagi harakatidan soʻng, Sundxage uni jahon darajasidagi potentsial futbolchi sifatida ta’rifladi[10].
Hurtig 2014-yil noyabrida Kanada bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda zaxiradan maydoga tushdu bu uning birinchi marta katta jamoa bilan maydonga tushishi edi[11].
Hurtig 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Fransiyaga borgan Shvetsiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. U turnirdagi ilk golini Tailandga qarshi oʻyinda (5:1) kiritdi[12]. 2021-yil iyul oyida u 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlab olindi[13]. 21-iyul kuni Shvetsiya terma jamoasi AQSH ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 16-avgustda Lina Hurtig Linköpings FCdagi jamoadoshi Liza Lants bilan oila qurganini eʼlon qildi[15]. 2021-yil 11-iyun kuni Hurtigning qizi dunyoga keldi[16].
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2015-yil 22-sentyabr | Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya | Polsha | 1–0 | 3–0 | UEFA Yevro-2017 saralashi |
2 | 2017-yil 19-sentyabr | Stadion Varteks, Varaždin, Xorvatiya | Xorvatiya | 2–0 | 2019 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
3 | 2017-yil 24-oktyabr | Borås Arena, Borås, Shvetsiya | Vengriya | 5–0 | ||
4 | 2019-yil 16-iyun | Allianz Riviera, Nitsa, Fransiya | Tailand | 4–0 | 5–1 | 2019 FIFA Jahon chempionati |
5 | 2019-yil 8-oktyabr | Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya | Slovakiya | 2–0 | 7–0 | UEFA Yevro-2022 saralashi |
7 | 2020-yil 17-sentyabr | Vengriya | 1–0 | 8–0 | ||
8 | 5–0 | |||||
9 | 22-oktyabr 2020-yil | Latviya | 1–0 | 7–0 | ||
10 | 2021-yil 19-fevral | Hibernians stadioni, Paola, Malta | Avstriya | 3–1 | 6–1 | Oʻrtoqlik |
12 | 2021-yil 13-aprel | Stadion Miejski Vidzewa, Lodz, Polsha | Polsha | 4–2 | ||
13 | 2021-yil 21-iyul | Ajinomoto stadioni, Chofu, Yaponiya | AQSH | 3–0 | 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari | |
14 | 2021-yil 24-iyul | Saitama stadioni 2002, Saitama, Yaponiya | Avstraliya | 2–2 | 4–2 | |
15 | 2021-yil 25-noyabr | Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya | Finlandiya | 2–1 | 2023 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
16 | 2021-yil 30-noyabr | Stadion, Malmö, Shvetsiya | Slovakiya | 1–0 | 3–0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Linköpings FK
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Damalsvenskan : 2017-yil
Juventus
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A Seriya : 2020–21, 2021–22
- Italiya kubogi : 2021-22
- Italiya Superkubogi : 2020–21, 2021–22
Shvetsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2012-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA Women's World Cup France 2019™ List of Players - Sweden“. FIFA (27-may 2019-yil). 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2019-yil.
- ↑ „Football HURTIG Lina - Tokyo 2020 Olympics“ (en-us). olympics.com. Qaraldi: 1-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Rehnström. „Lina Hurtig från Avesta redo för landslagsläger“ (shvedcha). Sveriges Radio (4-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Christianson. „Lina Hurtig skrev på för tre år i Umeå“ (shvedcha). Damfotboll.com (29-dekabr 2011-yil). 15-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Ahlén. „Lina Hurtig tränade med Umeå“ (shvedcha). Avesta Tidning (22-dekabr 2011-yil). 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Linköping värvar superlöftet Lina Hurtig“ (shvedcha). Expressen (8-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Lina Hurtig is Bianconera!“. Juventus.com (31-avgust 2020-yil).
- ↑ „Sundhage tar med 17-åring på lägret“ (shvedcha). Expressen (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Broman. „Lina Hurtig i Sundhages trupp“ (shvedcha). Dalarnas Tidningar (5-iyun 2013-yil). 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Lina Hurtig fick ingen plats“ (shvedcha). Avesta Tidning (15-may 2013-yil). 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Oavgjort för Sverige när Hurtig debuterade“ (shvedcha). Västerbottens-Kuriren (27-noyabr 2014-yil). 11-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2014-yil.
- ↑ Sport, Telegraph. „Sweden book place in last 16 of World Cup as Thailand endure another rout“. Telegraph (16-iyun 2019-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ „La Juventus: "In bocca a lupo a Lina Hurtig che parteciperà alle Olimpiadi"“ (italyancha). Tutto Juve. Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „Sweden stuns U.S. women's soccer team with 3-0 thrashing in Tokyo opener“ (inglizcha). CNBC (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- ↑ „Lina Hurtig on Instagram: "2019•08•04 🌹💍 I love you ♾"“. Instagram. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2022-yil.
- ↑ „Juventus Women, è nata la figlia di Lina Hurtig e Lisa Lantz“ (italyancha). la Repubblica (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Umeo jamoasi rasmiy sayti(shved.)