Lipari orollari
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lipari orollari - Tirren dengizidagi bir guruh vulkan orollari. Italiya hududi, Sitsiliya o.dan shimolda. 7 ta yirik (Lipari, Salina, Vulkano, Filikudi, Stromboli, Aliku-di, Panarea) va 10 kichik orollardan iborat. Umumiy maydoni 117 km². Asosan, bazalt va tuflardan tashkil topgan. Vulkano va Stromboli o.larida harakatdagi vulkanlar (balandligi 926 m) bor. Iklimi va oʻsimliklari Oʻrta dengiz tipli. Zaytun, tok, anjir oʻstiriladi. Oltingugurt konlari bor. Vino eksport qilinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |