Kontent qismiga oʻtish

Liparit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liparit (Italiyaning Lipari o.lari nomidan) — kaynotip effuziv togʻ jinsi. Kimyoviy tarkibi granitga oʻxshash. L. lava oqimi, vulkan gumbazi, vulkan kuli yigʻindisi va ignimbrit qatlamlari koʻrinishida uchraydi. L.ning shishaga boy, deyarli toʻla kristallangan, porfir xolli xillari bor. Rangi kulrang, oqish-kulrang, baʼzi bir turlari qizgʻishroq. L. qattiq, zichligi 2140—2590 kg/m3. Mineralogik tarkibi — 42% kaliy shpati (sandi-na), 23% — plagioklaz (ortoklaz), 33% — kvars, 2% — biotit. Aksessor mi-nerallardan apatit uchraydi.

Italiya (Lipari va Sardiniya o.lari), AQSH (San-Fransisko, Arizona, Janubiy Kolorado, Alyaska), Meksika, Fransiya (Overn), Yangi Zelandiyada tarqalgan. Oʻzbekistonda Qurama, Boysun togʻlarida uchraydi. Yoʻllarni asfaltlash va qurilish materiali sifatida ishlatiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil