Kontent qismiga oʻtish

Lissabondagi tun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lissabondagi tun
Asl nomi Die Nacht von Lissabon
Muallif(lar) Erix Mariya Remark
Til olmon
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 1961

«Lissabondagi tun» (nemischa: Die Nacht von Lissabon ) - Olmoniyalik yozuvchi Erix Mariya Remarkning asari. Birinchi marotaba 1961 yil «Welt am Sonntag» jurnalida nashr etilgan.

1942-yil. Hikoyachi fashistlar Olmoniyasining hukumatidan pana topish maqsadida, Lissabonga koʻchib keladi.
Portugaliya poytaxti orqali koʻp emigrantlar AQSH davlatiga joʻnab ketganlar. Ammo hikoyachi bunday imkoniyatga ega emas. Chunki yoʻlovchi kemaga chipta xarid qilish uchun yetarlicha mablagʻi yoʻq.

U Taxo daryosining qirgʻogʻi oldida sayr qilib yurganda, notanish yahudiyni uchratadi. Oʻzini Jozef Shvarts deb tanishtirgan inson, viza va chiptalarga ega. Ammo ulardan foydalanish niyati yoʻq. Bundan tashqari chiptalarni hikoyachiga bepul tarzda berib yuborishga ham tayyor. Evaziga faqat oʻz hayotining tarixini gapirib beradi. Hikoyachi uning shartini qabul qiladi.

Ular Praça do Comércio maydoni yaqinida joylashgan restoranga kiradilar. U yerda Shvarts hotiralarga berilib, 1933-yildan boshlab sodir boʻlgan voqealarni eslaydi.

Shvarts rafiqasining ismi Helen. Ular Osnabryuk shahrida istiqomat qilishardi. Ammo uchinchi reyx kuchga kirganidan soʻng, Shvarts davlatdan qochishga majbur boʻlgan. Helen esa akasi Georg Yurgens bilan Olmoniyada qolgan. U davrda Georg obersturmbannführer lavozimiga ega edi.

Shvarts 5 yil davomida butun Yevropani darbadar kezib, 1938-yil Helen oldiga qaytib keladi.
Bu safar Helen Shvarts bilan Olmoniyani tark etadi. Ular avval Shvetsariya, soʻng Fransiya davlatlariga yoʻl oladilar.

Koʻp vaqt oʻtmay Shvarts rafiqasi saraton kasaliga duch kelganini aniqlaydi.
Bundan tashqari Marsel shahrida, Jozef gestapo tomonidan hibsga olinadi.
Gestapo hodimi Georg Yurgens, undan singlisi qayerda ekanini aytishini talab qiladi. Helenga qarshi xoinlik qilmaslik uchun, Shvarts notoʻgʻri manzilni beradi. Soʻng Georgni hayotidan mahrum qiladi.
Shvarts Georgning hujjatlari yordamida vizalarga ega boʻladi.
Ular Lissabon orqali Amerikaga koʻchib ketmoqchi boʻladilar. Ammo kema joʻnab ketish arafasida turganida, Helen oʻz joniga qasd qiladi...

Tong otganidan soʻng hikoyachi Rut ismli rafiqasi bilan, kemada AQSH tomon yoʻl oladi.

1945-yil urush yakuniga yetgach, hikoyachi Olmoniyaga qaytib keladi. U uzoq vaqt ichida Jozef Shvarts ismli yahudiyni topishga urinadi, ammo muvaffaqiyatga erishmaydi.

Romanda hikoyachining ismi oshkor etilmagan. Lekin u Remarkning "Liebe Deinen Nächsten" nomli asarining ham bosh qahramoni. Shundan kelib chiqqan holda uning ismi Lyudvig Kern ekanligi aniqlanadi.

Roman qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Lyudvig Kern - Hikoyachi. Rafiqasi Rut bilan AQSHga koʻchib ketish uchun, Lissabonga kelgan.
  • Rut Holland - Kernning rafiqasi.
  • Jozef Shvarts - Helen nima uchun oʻz joniga qasd qilganini tushuna olmay, AQSHga usiz keta olmasligini anglaydi.
  • Helen Yurgens - Jozefning rafiqasi. Bedavo kasal boʻlsa ham, Shvartsdan buni berkitishga harakat qiladi. Lissabonda Jozev xavfsizlikda ekaniga ishonch hosil qilib, uni tark etadi.
  • Georg Yurgens - Helenning akasi. 1933-yil Jozefni hibsga olib, Olmoniyadagi konsentratsion lagerlarining biriga surgʻun qilgan. Bir necha yillardan soʻng Helen turmush oʻrtogʻi yordamida Olmoniyani tark etganini bilib, uni orqaga qaytarish niyatida qoladi. Jozefning qoʻlidan vafot etadi.

Ekranlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971 yil Olmoniyalik rejisser Zbynek Brynych roman asosida film olgan. IMDb saytining roʻyxati boʻyicha mazkur film 6.6 ballga loyiq deb topilgan.