Listvenit
Qiyofa
Listvenit — asosan, talk, xlorit va pirit aralashmali kvarskarbonatli tarkibga ega metasomatik togʻ jinsi. Rangi och yashil, baʼzan sariq, kulrang. Zichligi 2800–3100 kg/m3. L. serpenitlar va boshqa asosli va oʻta asosli jinslarning listvenitlanish jarayoni natijasida hamda muvofiq tarkibdagi metamorfik va karbonatli jinslar hisobiga vujudga keladi. L. ilk bor Rossiya (Ural)da aniqlanib, nemis geologi G. Roze (1842) tomonidan taʼriflangan.
L.ning Oʻzbekistonda Sultonuvays togi, Qizilqum va boshqa joylarda borli-gi maʼlum. Odatda, oltinning minerallanishi ular bilan bogʻliq.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |