Kontent qismiga oʻtish

Litecoin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Litecoinning rasmiy logosi

Litecoin (belgisi: Ł) — bu Bitcoinning forki, piringli elektron toʻlov tizimi hisoblanib, shu nomdagi kriptovalyutadan foydalanadi. Tizimning ishlashi va himoya qilish uchun kriptografik uslublardan foydalaniladi.[1][2] Litecoindan Bitcoinga almashtirishda foydalanish yoki almashtirgichlarda umumiy qabul qilingan pullarga almashtirish, shuningdek ularni qabul qilishga tayyor boʻlgan sotuvchilarda tovarlar yoki xizmatlar uchun elektron toʻlov uchun ham foydalanish mumkin.

Bitkoinlar va laytkoynlar orasidagi farqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litecoin Bitcoinning Namecoin nomli forkidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va undan quyidagi kichik farqlari bor: Bitkoinning blokcheynida yangi blok har 10 daqiqada paydo boʻladi, laytkoin tarmogʻida esa bu jarayon atigi 2,5 daqiqa vaqt oladi. Shuning uchun litecoin tarmogʻida tranzaktsiyalar 4 baravar tezroq oʻtadi va ularning qiymati bitkoinga nisbatan 3-5 baravar arzonroq.

Laytkoinlarni mayning qilish ishlab topilgan tangalarning umumiy soni 84 millionga yetganda toʻxtaydi. Bitkoyinlarning chegaraviy soni 4 baravar kamroq — 21 million.[3]

Bitkoin SHA-256 asosida ishlasa, laytkoinda FreeBSDning xavfsizlik ofitseri Kolin Persival tomonidan ishlab chiqilgan scrypt qoʻllanadi. Scrypt funktsiyasi mayning qilishni yengillashtiradi.[4][5]

Tranzaksiyani oʻtkazish tezligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litecoin hisoblash murakkabligi shunday tanlanadiki, bir blok oʻrtacha 2,5 daqiqada generatsiyalanadi, bu Bitcoindan 4 marta tez boʻlib, tranzaksiyalar tasdiqlanishini tezroq olish imkonini beradi.[6] Tranzaksiyalar tezligi laytkoin tarmogʻida SegWit faollashtirilganidan soʻng ancha ortdi.[7] Tranzaksiya, odatda, 6 blokdan soʻng yoki 15 daqiqadan soʻng tugallangan hisoblanadi.[8]

Litecoin ochiq asl kodli kliyenti bilan 2011-yil 13 oktyabrda GitHubda eʼlon qilingan edi.

2013-yil noyabrda Litecoinning bozordagi kapitallashuvi 1 milliard dollarga yetdi.[9]

2014-yil boshida Litecoin ishlab chiquvchilari komandasi Android ilovaning alfa versiyasini eʼlon qildilar.

2017-yilning may oyida Litecoinning dasturiy taʼminotida SegWitni qoʻllash faollashtirildi.[6]

2017-yilning sentyabr oyida ilk atomar tranzaktsiyalar amalga oshirildi.[10]

2021-yil avgust oyida Litecoinning kapitallashuvi 12,2 milliard dollarni tashkil etdi.[11]

  1. „Bitcoin P2P e-cash paper“. metzdowd.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  2. „CFTC Statement on Self-Certification of Bitcoin Products by CME, CFE and Cantor Exchange“. cftc.gov. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  3. „Bitcoin vs Litecoin Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  4. „Stronger key derivation via sequential memory-hard functions“. tarsnap.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  5. „Litecoin Miner Status“. andykellett.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „Litecoin Successfully Activates SegWit“. coindesk.com. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  7. „What is Litecoin? How does it work?“. kucoin.com. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  8. „How Long Does It Take To Mine 5 Blocks Litecoin?“. ictsd.org. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.[sayt ishlamaydi]
  9. „Crypto-Currency Bubble Continues: Litecoin Surpasses Billion Dollar Market Capitalization“. forbes.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  10. „What is Atomic Cross-Chain Swap? How it websites?“. steemit.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  11. „Litecoin price“. coinmarketcap.com. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.