Kontent qismiga oʻtish

Litiy gidrid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Litiyning asosiy birikmalari. Litiy gidrid , LiH — rangsiz kristall. Suyuqlanish temperaturasi 692° (inert atmosferada): zichligi 776 kg/m3. Sanoatda L. g ., shuningdek, deyterid LD suyuk, L.ni toza vodorod (yoki D2), bilan 630—730°da bevosita gidrirlab olinadi. Vodorod va yoqilgʻi olishda, sintezda ishlatiladi. Litiy gidroksid, LiOH — rangsiz kristall; zichligi 1440 kg/m1, suyuqlanish temperaturasi 473°. 1000° da Li2O va N2O ga parchalanadi. Konsentratlangan eritmalar odatdagi temperaturada shisha va chinnini, qizdirilganda koʻpgina metallarni (nikel, oltin va kumushdan boshqa) yemiradi. L. va uning oksidlarini suvda eritib va boshqa usullarda olinadi. Ishqorli akkumulyatorlarda, stearat, oleat va palmitat kabi birikmalarini olishda va pro-tivogazlarda, suv osti kemalarida, aeroport va samolyotlarda karbonat an-gidridni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Litiy karbonat, Li2CO3 — rangsiz kristall; zichligi 2111 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 732°, bundan yuqori temperaturada parchalanadi. Suvda oz eriydi. Sanoatda potash, koʻpincha, sodani L. tuzlari eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Pirotexnikada, kora metal-lurgiyada, shisha va sopol buyumlar, plastmassalar va boshqa ishlab chiqarish da qoʻllanadi.

Litiy oksid, Li2O — rangsiz kristall; zichligi 2013 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 1453°. 200°da havoda qizdirib olinadi. Litiyning asosiy birikmalari. Litiy gidrid LiNO, ni 600°da (mis ishtirokida), LiCO3 ni 700° da parchalash yoʻli bilan ham olinadi. Maxsus shishalar olishda, sir, emallar va boshqa ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Litiy ftorid Gʻ — rangsiz kristall; suyuqlanish temperaturasi 849°, qaynash temperaturasi 1700°, zichligi 2600 kg/m3, 1000° da bugʻlana boshlaydi. Suvda juda sekin, nitrat va sulfat kislotada oson eriydi. Metallarni eritish va payvandlashda, kislotaga chidamli shaffof shisha, emal va sirlar, lyuminofor va lazer materiallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Litiy xlorid, LiCl — rangsiz kristall; zichligi 2070 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 610°, qaynash temperaturasi 1382°. Suvda yaxshi eriydi. Litiy xlorid spirt va boshqa organik erituvchilarda erishi bilan NaCl va KS1 dan farq qiladi. Xavoni konditsiyalashda, organik sintezda, fotoreagentlar ishlab chiqarishda, batareya va flyuslar tayyorlashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil