Kontent qismiga oʻtish

Litoral

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Litoral (yun. lithoralis - qirgʻoqqa tegishli) — dengiz sohilining suv bosib turadigan suv koʻtarilish-qaytish zonasi. Moʻʼtadil iqlim L. ida bir kechakunduz va yil davomida harorat, suvning shoʻrlanishi ancha oʻzgarib turadi. Shu sababdan L. da keng mikyosda moslanish xususiyatiga ega boʻlgan evribiont turlar: suvoʻtlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvoʻtlar), qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar, mollyuskalar (midiya, littorina va boshqalar) va boshqa organizmlar yashaydi. Qishda L. muzlab krlishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar sublitoralga koʻchib oʻtadi, boshqalari oʻzining faol hayotiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Moʻʼtadil iqlimda 1m2sovuq L.da 5– 10 kg biomassa hosil boʻladi. Arktika yoki Antarktida taʼsirida L.da deyarli hayot boʻlmaydi. Chuchuk suvli koʻllarda L. 5–7 m chuqurlikkacha hayotga eng boy zona hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil