Kontent qismiga oʻtish

Lixenologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lixenologiya (yunoncha: Ieichen - lishaynik va ... logiya), lishaynikshunoslik — lishayniklar toʻgʻrisidagi fan, botanikaning bir boʻlimi. Lishayniklar haqidagi dastlabki maʼlumotlar Teofrast (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) asarlarida uchraydi. 18-asr oxirigacha lixenologik ishlar, asosan, floristik tarzda boʻlgan. Shved botanigi E. Aharius (1757—1819) L.ga asos solgan. 19-asrning 20-yillarida nemis botaniklari G. Meyer va F. Valtrotning lishayniklarning anatomik tuzilishi, oziqlanishi va koʻpayishi toʻgʻrisidagi ishlari eʼlon qilindi. Nemis botanigi S. Shvendener 1867—69 yillarda lishaynik — zamburugʻ va suvoʻtlardan iborat murakkab organizm ekanligini isbotladi. Oʻzbekistonda lishayniklarning bir nechta turi uchraydi. Lekin ular hali yaxshi oʻrganilgan emas.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil