Kontent qismiga oʻtish

Lizette Alvarez

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lizette Alvarez
Tavalludi 30-oktyabr 1964-yil (1964-10-30) (60 yosh)
Mayami, Florida
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Don Van Natta Jr.

Lizette Alvarez (1964-yil 30-oktyabrda tugʻilgan)—amerikalik jurnalist. U The New York Times gazetasida yigirma yildan ortiq ishlagan. 2011-yilning yanvaridan boshlab Mayami byurosi boshlig‘i lavozimida faoliyat yurita boshlagan[1]. Alvarez New York Daily News va The Miami Herald gazetalarida muxbir boʻlgan.

Lizette 1964-yil 30-oktyabrda Florida shtatining Mayami shahrida kubalik qochqinlarning qizi boʻlib tugʻilgan[2]. U Florida shtati universitetini 1986-yilda bakalavr darajasini va 1987-yilda Shimoli-gʻarbiy universitetini jurnalistika boʻyicha magistr darajasi bilan tamomlagan. Alvarez jurnalist Don Van Natta bilan turmush qurgan va ularning ikki qizi bor[1][3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvarez oʻzini „kubalik qochqinlarning qizi zulmga qarshi turish va ozodlikni himoya qilish uchun tarbiyalangan“ deb taʼriflaydi[2]. U jurnalistikadagi faoliyatini 1991-yilda Miami Herald gazetasida immigratsiya boʻyicha muxbir va Kuba muxbiri sifatida boshlagan[1]. Uning dastlabki hikoyalaridan biri, „Kuba dengiz floti qochoqlarining harbiy xizmatdagi hayoti“ haqida. Hikoya 1992-yil fevral oyida nashr etilgan[4][5].

1992-yil avgust oyida Alvarez Endryu dovulining halokatli taʼsiridan omon qolgan toʻqqiz kishidan biri edi. Uning turmush oʻrtogʻi (oʻsha paytda yigiti boʻlgan) ham The Miami Herald gazetasi muxbiri edi. Ularning ikkalasi ham Endryu toʻfoni va uning oqibatlarini yoritgani sababli 1993-yilda Davlatga xizmati uchun Pulitzer mukofotiga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u shaxsiy hikoyalarinisini nashr eta boshlagan[6][7].

1995-yilda Lizette va jurnalist hamkasbi Liza Getter bilan birgalikda tayyorlagan "Our Failed Immigration Policy" mavzusidagi reportaj uchun Goldsmit mukofotiga sazovor boʻlishdi[8].

Yillar oʻtib Lizette gazetalar uyushmasi — One Herald Guild tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlagan yuzlab jurnalistlardan biriga aylandi. U va uning eri saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashgan[9]. Alvarez shunday yozadi:

"Adolatli bo'lish - bu professional jurnalistikaning muhim tamoyillaridan biridir. Xo'sh, nega ish beruvchilardan ham xuddi shunday adolatni qabul qilmaslik kerak? Afsuski, korporativ Amerika, jumladan, gazeta egalari ham bunga ishonmaydilar. The Miami Herald gazetasi jurnalistlari gazetaning kelajagi uchun adolatni talab qilishlarining vaqti keldi".

1995-yil iyul oyida Alvarez The New York Times gazetasida ishlash uchun Mayamini tark etgan. U New Yorkdagi Metro-deskda tayinlangan muxbir sifatida tashkilotda yigirma yildan ortiq ishlagan. 2020-yildan boshlab Mayami byurosi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2011-yildan buyon Vashingtonda

muxbir sifatida ishlagan. Kongressni yoritgan va Shimoliy Yevropa boʻyicha hisobot bergan. Keyinchalik London byurosi boshligʻi sifatida ishlagan[1][10].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Alvarez, Lizette. „Lizette Alvarez“. The New York Times. Qaraldi: 2012-yil 29-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Alvarez. „Latinos can be racist too. My community shows how.“. The Washington Post.
  3. „The Sunday Long Read“ (en-US). The Sunday Long Read (2018-yil 4-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  4. „The Miami Herald from Miami, Florida on February 23, 1992 · 708“ (en). Newspapers.com. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  5. Baloyra, Enrique A.. Conflict and Change in Cuba (en). UNM Press, 1993. ISBN 978-0-8263-1465-9. 
  6. „How nine people survived Hurricane Andrew as it destroyed their South Miami-Dade motel“.
  7. Alvarez, Lizette. „What It's Like to Be Trapped by a Category 5 Hurricane (Published 2016)“ (en-US). The New York Times (2016-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  8. „Previous Winners and Finalists“ (en-US). Shorenstein Center. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  9. „Testimonials“ (en-US). One Herald Guild. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  10. „New York Times buyout watch, 2017 edition (Updated)“ (en-US). Poynter (2017-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.