Kontent qismiga oʻtish

Lizogeniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lizogeniya (liz... va yun. geneia — kelib chiqish, yaratish) — hujayra ichida nopatogen (kasallik paydo qilmaydigan) profag shaklda mavjud boʻladigan bakteriofag bilan bakteriyalar oʻrtasidagi simbiotik munosabatlar. L. nazariyasining asosiy qoidalari 1950-yilda A.Lvov tomonidan ishlab chiqilgan. Profag saqlovchi hujayralar lizogen hujayralar, ular Yopulyasiyasining fag zarrachalari hosil qilish xususiyati esa lizogenlik deyiladi. Lizogenlik bakteriya shtammlarining doimiy xususiyati boʻlganidek lizogen hujayralarning faqat ayrim populyasiyalari profagni yoʻqotadi. Profag tufayli lizogen hujayralar bir qancha yangi belgilar, mas, bakteriofag bilan qayta zararlanmaslik xususiyatiga ega boʻlib qoladi. Immunlik lizogen profag DNKsi nazoratida sintezlanadigan, faglarning vegetativ koʻpayishini boshqarib turadigan faglar genlari ekspressiyasiga toʻsqinlik qiladigan respressor oqsilning hujayrada mavjudligi bilan bogʻliq. Bakteriyalarning faqat lizo-genizatsiyalash jarayonida kuzatiladigan oʻzgaruvchanlik tipi lizogen konversiya deb ataladi. L.bakteriyalardagi oʻzgaruvchanlik va irsiyatning koʻpchilik masalalarini oʻrganish uchun qulay model hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil