Kontent qismiga oʻtish

Lobbi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lobbi, lobbizm (inglizcha: lobby — kluarlar, xos xonalar) — davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obyektiv zarurat taqozosi bilan emas, balki maʼlum bir manfaatlarni koʻzlab, baʼzan mansabdor shaxslarni sotib olish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati. Lobbistlar hokimiyat vakillari qiyofasida oʻz himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni roʻyxatdan oʻtkazishda, raqobatchilarni sindirishda qulay sharoitlar yaratishda koʻmaklashadi. Agrar Lobbi va sanoat Lobbiga boʻlinadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil