Lochin koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Uzunligi | 2.2 km |
Avvalgi nomlari | A.Tojiev koʻchasi |
Lochin koʻchasi — Uchtepa tumanining „Nishabariq“ va „Shofayzibogʻ“ mahallalari hududida. Kichik halqa yoʻli va Ibrat koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,2 km.
Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. Yangi tashkil etilgan koʻchaga 1966-yil 27-dekabrda Lochin, 1980-yil 10-yanvarda A.Tojiev nomi berilgan. 2007-yil 2-avgustdan koʻchaning dastlabki nomi tiklangan[1].
Yoʻnalishida Xondamir, Durbek, Dilkash, Dadil, O.Jalilov va Asqad Muxtor koʻchalari bilan kesishgan. Tarkibida 6 ta tor koʻcha bor. Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari, bogʻcha, savdo shoxobchalari, mahalla guzari joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.