Lofoten orollari
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lofoten orollari - Norvegiya dengizidagi arxipelag, Skandinaviya ya. o.ning shim.-gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida, undan Vestford boʻgʻozi orqali ajralgan. Norvegiya hududi. 4 katta va koʻplab mayda orollardan iborat. Maydoni 1,2 ming km². Qirgʻoqlari tik, fordlar bilan parchalangan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1161 m. Granit, gneys, siyenit va kristall slanetslardan tuzilgan. Iqlimi sernam, dengiz iqlimi. Yiliga 1600 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi. Aholi sohil boʻylab joylashgan. Baliq (seld, treska) ovlanadi. Qoʻychilik rivojlangan. Eng katta aholi punkti — Svolver.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |