Lola Bunny
Lola Bunny | |
---|---|
Looney Tunes obrazi | |
Lola Bunnyning Space Jam filmidagi qiyofasi. | |
Ilk bora koʻringan | Space Jam (1996) |
Muallif(lar) |
Herschel Weingrod Timothy Harris Leo Benvenutti Steve Rudnick |
Ovoz bergan(lar) |
Kath Soucie (1996–2000, 2015–hozirgacha) Britt McKillip (2002–2005)[1] Kristen Wiig (2011–2014) Rachel Ramras (2015) Carla Delaney (2016)[2][3] |
Umumiy maʼlumotlar | |
Turi | Quyon |
Jinsi | ayol |
Aloqador boshqa obraz(lar) | Bugs Bunny |
Qarindoshlari | Walter Bunny (The Looney Tunes Showda otasi boʻladi), Patricia Bunny (The Looney Tunes Showda onasi boʻladi) |
Lola Bunny (talaffuzi: Lola Banni) — Warner Bros. Studios tomonidan yaratilgan, The Looney Tunesda uchraydigan animatsion xayoliy urgʻochi quyon. Bu personaj ilk marotaba 1996-yilda suratga olingan Space Jam filmida koʻrinish bergan.[4]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Space Jam
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lola ilk marotaba 1996-yilda suratga olingan Space Jam filmida paydo boʻlgan. U moʻynali, sargʻish tusdagi urgʻochi quyon qiyofasida tasvirlangan va ikkala qulogʻiga binafsha rangli kauchuk lenta taqib olgan. Uning rangli koʻzi bor. Lola personajiga filmda Kath Soucie ovoz bergan.
Lolaning basketbol oʻynash mahorati Tunes Squadda oʻz oʻrnini topadi, u yerda Looney Tunes qahramonlari bilan Michael Jordanning yordami bilan basketbol jamoasi aʼzoligi uchun ayovsiz kurashadi.
Dastlab, Lola Bugs Bunnyga qiziqmagan boʻlsa-da, u oʻzining alamli tarzdagi tuygʻularini romantizmga aylantiradi. Ushbu his-tuygʻular ogʻushida u Bugsdan boʻsa oladi hamda filmning oxiriga kelib uning yoqtirgan qiziga aylanadi.
Lola Bugs uchun romantik qiziqish sifatida yaratilgan. Lola „egri tanasi“ga ega, kalta kiyim kiyadi va ekranga birinchi marta chiqqanida oʻzini behayo tarzda tutadi. Bunga javoban Bugs bir zumda uni sevib qoldi va unga yoqishga harakat qiladi. Lola basketbol boʻyicha mahoratini namoyish etadi.
Lolada „Meni qizaloq deb chaqirma“ feministik jozibador iborasi mavjud. Toni Cervone aytganidek, animatorlar dastlab bu personajda koʻproq „erkaksifat“ xususiyatlarga ega edilar, biroq bu „oʻta erkakka“ qarashidan qoʻrqishdi. Shuning uchun ham ular ushbu personajda „ayollik fazilatlarini“ ham taʼkidlab oʻtishdi. Jumladan, Lola basketboldagi raqiblaridan biri tomonidan jarohat oladi va Bugs uni qutqarib qoldi. Bugs oʻyin davomida uning minnatdorchilik sifatida boʻsasini oladi.
Lolaning shaxsiyati — bu Hawksian urgʻochi quyon. U nihoyatda mustaqil hamda oʻziga ishonadigan, qoʻpol gapiradigan va beparvodir. U harakat jihatidan sportchilardek boʻlsa-da, u nihoyatda jozibali sanaladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Britt McKillip“. IMDb. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
- ↑ „ABOUT“. VOICES. Qaraldi: 30-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Daffy Duck Dance Off“ (en-US). Behind The Voice Actors. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ Sandler, Kevin (1998). Reading the Rabbit: Explorations in Warner Bros. Animation, p. 9. Rutgers University Press. ISBN 0813525381