Kontent qismiga oʻtish

Lolazor (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lolazor
Muallif(lar) Murod Muhammad Doʻst
Muharrir(lar) Feruza Quvonova
Muqova artist(lar)i Surayyo Ahmedova
Mamlakat

Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston SSR

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1988
2021
Nashriyot Yangi asr avlodi
Sahifalar soni 669
Mukofot(lar) Hamza nomidagi davlat mukofoti (1990)
ISBN 978-9943-20-822-3

Lolazor — yozuvchi Murod Muhammad Doʻst tomonidan 1988-yilda yozilgan roman. Roman 80-yillarda ogʻir davrlarni boshidan kechirayotgan Sovet davlatida yuz bergan turgʻunlik davri haqida hikoya qilib beradi. Ayni paytda bu roman Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq koʻrilgan[1].

Yozilish tarixi va mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarda sovet davrining soʻnggi yillariga kelib kuchaygan turgʻunlik davri va u olib kelgan iqtisodiy hamda maʼnaviy tanazzulning oʻsha davrda yashagan insonlar hayotida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berilgan. Roman 1988-yilda chop etilgan boʻlib, 1990-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga loyiq deb topilgan[2].

Asar qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazar Yaxshiboyev, Xorun Kalonov, Oliya, Muhsina, Saidqul Mardonov va boshqalar.