Kontent qismiga oʻtish

Lombard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lombard, garovxona — garovga qoʻyilgan muayyan buyumlar evaziga maʼlum (odatda uch oydan koʻp boʻlmagan[1]) muddatga pul (mablagʻ) berib turadigan muassasa. Buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra baholanadi, garovga qoʻyilgan buyum egasiga nomi yozilgan lombard tilxati beriladi. Olingan pul oʻz vaqtida qaytarilmasa, qoʻyilgan buyum lombard mulkiga aylanadi va lombard qoʻyilgan buyumlarni sotishga haqli boʻladi. Shuningdek, lombard qimmatbaho uy-roʻzgʻor buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Lombardga buyumlar faqat mablagʻ olish uchun emas, baʼzan mazkur buyumning ishonchli saqlanishini taʼminlash uchun ham qoʻyiladi. Buyumlarni garovga qoʻyib kredit berish birinchi marta XV asrda Italiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxoʻrlar tomonidan joriy etilgan („lombard“ soʻzi ham shundan kelib chiqqan). Oʻzbekistonda ham lombardlar faoliyat koʻrsatadi. Masalan, Toshkent shahida lombardlar birlashmasi (birlashma tarkibida 3 lombard mavjud, 1966-yilda tashkil etilgan) ishlaydi. [2]