Kontent qismiga oʻtish

Lopo do Nascimento

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lopo do Nascimento

Nascimento 1978-yilda Ruminiya qilgan tashrifi davomida
Angola Bosh Vaziri
Mansab davri
1975-yil 11-noyabr – 1978-yil 9-dekabr
Prezident Agostinho Neto
Vorisi Fernando José de França Dias Van-Dúnem
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Lopo Fortunato Ferreira do Nascimento

10-iyul 1942-yil (1942-07-10) (82 yosh)
Luanda, Angolaning dengiz orti viloyati (Portugaliya)
Siyosiy partiyasi Angolani ozod qilish harakati (MPLA)
Turmush oʻrtogʻi Maria do Carmo Assis do Nascimento

Lopo Fortunato Ferreira do Nascimento 1942-yil 10-iyulda tugʻilgan Angolalik sobiq siyosatchi. U 1975-yil 11-noyabrdan 1978-yil 9-dekabrgacha Angola Bosh Vaziri boʻlgan va Angolani ozod qilish xalq harakati (MPLA) bosh kotibi boʻlib faoliyat yuritgan.

U 19 yoshida qamoqqa olinadi, ammo Angolaning Cuanza Norte viloyatiga koʻchib ketish majburiyati bilan ozod etiladi. Shunga qaramay, u yer osti janglariga qatnashishda davom etadi va 1963-yilda yana hibsga olinadi. Bu safar u sud jarayoniga qatnashadi va jazoga hukm etiladi. Lopo olti yil davomida Portugaliya maʼmuriyati qoʻl ostidagi Luanda fuqarolar qamoqxonasida saqlanadi va u yerda qiynoqqa solinadi. Soʻroqlar paytida baʼzan u uch-besh kunlab uyqusiz hamda doimo oyoqda turadi; bir necha kundan keyin hatto Lopo oyoqlarining deyarli mador qolmaganini va ular soʻroq qilishda davom etishayotganini aytadi. Lekin u hech nima haqida gapirmaydi. 1969-yil yanvarda u qamoqdan chiqadi va Nocal pivo zavodiga ishga kiradi. 1973-yilning oxirida esa u Lissabon orqali Algeriaga boradi. MPLAning juda koʻplab muammolari boʻlgani sababli (ayniqsa Daniel Chipenda Sharqiy qoʻzgʻoloni bilan) Lopo Angolani tark etishga majbur boʻladi, ammo hukumat uni rahbarlikni oʻz qoʻliga olishni soʻraydi[1].

Lopo Nascimento keyinchalik Hududiy maʼmuriyat vaziri boʻlgan; ushbu lavozimdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, 1992-yil 9-aprelda uning oʻrniga Paulo Kassoma tayinlangan[2]. 1993-yilda partiya Markaziy Qoʻmitasi tomonidan MPLA Bosh kotibi etib saylangan[3].

U 2008-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan qonunchilik saylovlarida MPLA milliy roʻyxatidagi 66-nomzod boʻlgan[4][5]. Lekin u oʻsha saylovda gʻolib boʻladi hamda MPLA Milliy Kengashda koʻpchilik tomonidan qo''lab-quvvatlanadi[5].

2013-yil 27-yanvarda u siyosatdan ketishini eʼlon qildi[6]. 2021-yil 10-fevralda Covid-19 kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizildi, ammo oxirida uni yengib oʻtdi[7].

  1. „Lopo do Nascimento. "Gosto de sair pelos meus pés"“ (pt-PT). Jornal Expresso. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  2. "Apr 1992 – Election date – Cabinet changes", Keesingʻs Record of World Events, Volume 38, April, 1992 Angola, Page 38851.
  3. Africa Research Bulletin (1993), Blackwell, page 10,964.
  4. „Eleições: Lista integral dos candidatos do MPLA, antigo PM Marcolino Moco fora, nova cara Akwá“ (Wayback Machine saytida 2008-08-18 sanasida arxivlangan), Angola Xyami, July 5, 2008 (portugalcha).
  5. Jump up to: 5,0 5,1 List of deputies elected in the 2008 election (Wayback Machine saytida 2008-09-19 sanasida arxivlangan), CNE website (portugalcha).
  6. „Diário de Notícias“. DN. 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
  7. Administrador; News, Camunda „Lopo do Nascimento em franca recuperação já está em casa“ (pt-BR). Camunda News (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Lavozim yaratildi
Angola Bosh Vaziri
1975–1978
Keyingisi
Lavozim yaratildi
Oldingisi
Paulino Pinto João
Ichki savdo vaziri
1977–1979
Keyingisi
Florêncio Gamaliel Gaspar
Oldingisi Tashqi savdo vaziri
1979–1982
Keyingisi
Oldingisi Rejalashtirish vaziri
1981–1986
Keyingisi
António Henriques da Silva
Oldingisi
Rafael Sapilinha Sambalanga
Huíla viloyati komissari
1986-1990
Keyingisi
Dumilde das Chagas Rangel
Oldingisi
Hududiy ma'muriyat vaziri
1991–1992
Keyingisi