Kontent qismiga oʻtish

Lord

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lord (ing. Lord) — 1) oʻrta asrlarda Angliyada dastlab yer egalarining nomi, keyinchalik ingliz oliy dvoryanlarining umumlashma unvoni. Britaniya parlamentida lordlar palatasini tashkil etuvchi qirollik per (Fransiya va Angliya oliy zodagonlari vakillarining nomi)lariga berilgan. 19-asrdan fan va madaniyat arboblari unvoni; 2) Buyuk Britaniyadagi baʼzi mansablarning tarkibiy qismi (mas, L.-kansler — lordlar palatasining raisi, L.-mer — London hamda boshqa yirik shaharlarda mahalliy hukumat idoralari boshligʻi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil