Lotaringiya qirlari
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lotaringiya qirlari, Lotaringiya platosi — Fransiyaning shim.sharqiy qismidagi qirlar, Parij qavzasining sharqiy chekkasi. Sharqdan Vogezi, Ardenna togʻlari, gʻarbdan Shampan tekisliklari, jan. dan Langr platosi bilan chegaralangan. Mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan asimmetrik kuestali qator tepalardan iborat boʻlib, balandligi 350–400 m. Lotaringiya qirlari daryolar bilan boʻlib yuborilgan. Kirlar dub va qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan. Daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Chorvachilik rivojlangan, tokzorlar bor. Temir rudasi va tosh tuzining yirik konlari topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |