Kontent qismiga oʻtish

Lotus Emeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lotus Emeya

Lotus Emeyaning Guangjoudagi taqdimoti. 20-noyabr 2023-yil
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Geely
Model yili 2024-yil
Zavod(lar) Uxan Xitoy
Tasnifi
Sinfi Hashamdor avtomobil
Segment E segment
Platformasi Electric Premium Architecture (EPA)
Yuqori tezligi 256 km/h (159.1 mph)
Oʻlchamlari
Gʻildirakformulasi 3,069 mm (120.8 in)
Uzunligi 5,139 mm (202.3 in)
Kengligi 2,005 mm (78.9 in)
Balandligi 1,464 mm (57.6 in)
Eksteryer
Kuzov turi Liftbek
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Dizayneri Ben Payne

Lotus Emeya – Lotus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi elektro sportkar. Avtomobil 2023-yil Guanchjou avtosalonida taqdim qilingan. Lotus brendi Geelyga tegishli brend hisoblanadi. Ushbu model Geely EPA platformasida qurilgan. Elektro sportkar Geelyning Uxandagi zavodida ishlab chiqariladi[1][2].

Elektro sport mashinasining taqdimoti 2023-yilning noyabr oyida Guanchjou avtosalonida bo'lib o'tgan. Lotusning ushbu sportkari kompaniyaning avtomobillari ichida yagona sedan hisoblanadi. Lotus brendi Geelyga tegishli brend bo'lganligi sababli, Ushbu model Geely EPA platformasida qurilgan. Avtomobil Uxandagi Geelyning zavodida ishlab chiqariladi[1].

Texnik koʻrsatkichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotus Emeya katta o'lchamdagi sedandir. Avtomobilning quvvati mos ravishda 612 va 905 ot kuchiga ega ikkita elektr motorli versiyasi mavjud. Bazaviy model bo'lmish Lotus Emeya S 612 ot kuchiga (710 Nm) ega. Top versiya bo'lgan Lotus Emeya R esa 905 ot kuchiga (985 Nm) ega. Emeya R 2,78 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, maksimal tezligi esa 256 km/soatni tashkil qiladi[3]. Ikki holatda ham sedan to'liq g'ildiraklari tortuvchi hisoblanib, har bir o'qda bittadan dvigatel o'rnatilgan. 4 eshikli liftbekning uzunligi 5139 mm, kengligi 2005 mm, bo'yi 1464 mm, g'ildirak bazasi esa 3069 mmni tashkil qiladi. Lotus Emeya moslashuvchan pnevmatik podveska, 90 km/soat dan yuqori tezlikda ochiluvchi faol diffuzor va o'zi ochiluvchi qanotga ega. Muhandislar akkumulyatorni avtomobilning o'rta qismiga yaqinroq joylashtirib, old panelni oldinga siljitganlari sababli avtomobil vazni deyarli ideal taqsimot qilingan[1]. Liftbek Geely xoldingining EPA (inglizcha: Electric Premium Architecture) platformasida qurilgan[3].

Akkumulyatorining quvvati 102 kVt/soatni tashkil qiladi hamda ular CATL tomonidan ishlab chiqariladi[1]. Ikkala modifikatsiya ushbu akkumulyator bilan jihozlangan. Bir marotaba quvvatlanganda S versiyasining yurish masofasi 600 kmni, R versiyasi esa 489 kmni tashkil qiladi. Sportkar tez zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi. Quvvatlash uskunasi 350 kVtgacha bo'lgan doimiy tokda quvvatlash imkonini beradi[3]. Bu esa avtomobilni 15 daqiqa ichida 10% dan 80% gacha quvvatlash imkonini beradi[1].