Kontent qismiga oʻtish

Louis Pasteur

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Louis Pasteur
Tavalludi 27-dekabr 1822-yil
Dol (Yura), Fransiya
Vafoti 28-sentyabr 1895-yil(1895-09-28)
(72 yoshda)
Marn-la-Koket, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya
Sohasi Kimyo
Mikrobiologiya
Mashhur shogirdlari Charles Friedel
Dini Rim katoligi

Louis Pasteur (talaffuzi: Lui Paster; 27-dekabr, 1822 – 28-sentabr, 1895) – fransuz kimyogari va mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij Fanlar akademiyasi (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akademik Strasburg universiteti (1849), Lill universiteti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij universiteti (1867) professor 1888-yil Parijda xususiy mikrobiologiya ilmiy tadqiqot institutini (Paster instituti) tashkil qiladi va boshqaradi.

Pasteur spirtli (1860), sut kislotali va yogʻ kislotali (1861) bijgʻishlar mikroblarning ferment ishlab chiqarish faoliyati sa-babli vujudga kelishini, kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroblar – ana-eroblar borligini isbotladi. Pasteurning vino hamda pivolarning achib qolishi va pilla qurti kasalliklari (1870) sabablarini aniklab, bu mikroblarga qarshi samarali chora-tadbirlarni (pasterizatsiya usuli) ishlab chiqishi sanoat va oziq-ovqat mikrobiologiya -sining shakllanishiga asos boʻldi. Pasteur dunyoda birinchi boʻlib ilmiy izlanishlar natijasida parrandalar vabosi (1879), kuydirgi (1881) va quturish (1885) kasalliklariga qarshi vaksina tayyorlash usulini ishlab chikdi va kasallikning oldini olishda kuchsizlantirilgan kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan emlash mumkinligini tasdiqlab, immunizatsiya (immunlash)ga asos soldi.

Pasteur oziq muhitlarga tashqaridan begona mikroorganizmlarni tushirmaslik va yiringli yaralarga qarshi kurashish usullarini ishlab chikib, aseptika va antiseptikaga asos soldi. Pasteur oʻz ilmiy izlanishlarining natijalari asosida mikroorganizmlar oʻzidan-oʻzi vujudga keladi degan nazariyani rad etdi.

  • Izbrannie trudi, t. 1—2, M., 1960.