Loyiha:Beshta maqola
- Loyiha hozirda yaratilish jarayonida. Takliflarni munozara sahifasida qoldiring.
Oʻzbekcha Vikipediya sust rivojlanayotganligi sabab, koʻpchilik boʻlib bitta yoki bir nechta maqolalar ustida birgalikda ishlashga qaratilgan «Beshta maqola» loyihasini yoʻlga tushirish taklif qilinadi. Maqola ustida ishlash kichik, oʻrta va qiyin topshiriqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Ishtirokchilar oʻz kuchlarini topshiriq topishga yoki taklif qilingan topshiriqlarni bajarishga yoʻnaltirishlari mumkin.
Loyiha ishtirokchilari faqat boshqa ishtirokchi taklif qilgan topshiriqni bajarishlari mumkin (oʻzi taklif qilgan topshiriqni bajarilganiga ball berilmaydi). Har bir bajarilgan topshiriq uchun uni bajargan ishtirokchi ham, taklif qilgan ishtirokchi ham bir xil ballga ega boʻladi (topshiriq qiyinligiga qarab).
Biror topshiriqni oʻziga olib, vaqtida bajara olmagan ishtirokchidan 1 ball olib tashlanadi (kech qolib bajarilgan topshiriq uchun 0,1 ball beriladi).
Mukofotlar. Haftaning va oyning eng yaxshi ishtirokchilari maxsus viki-ordenlar bilan taqdirlanadilar. Keyinchalik, balki, moliyaviy homiylar topilsa, qimmatbaho mukofotlar ham joriy qilinishi mumkin.
Topshiriqlar uch turga boʻlinadi:
- 1 balli topshiriqlar. Ushbu turdagi topshiriqlar juda oddiy boʻlib, 15—30 daqiqa ichida amalga oshirilishi mumkin. 1 balli topshiriqni bajarishni boʻyniga olgan ishtirokchi uni oʻsha kuniyoq tugatadi.
- 3 balli topshiriqlar. Oʻrtacha darajadagi topshiriqlar. Bajarish uchun 30—90 daqiqa kerak boʻladi. Topshiriqni bajarishga vaʼda bergan ishtirokchiga 3 kun vaqt beriladi.
- 5 balli topshiriqlar. Bajarilishi qiyin boʻlgan topshiriqlar; 2—5 soat ishlash kerak. Bajarish muddati — 5 kun.
Loyiha bosqichlardan iborat boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish uchun joriy bosqichda har bir maqola boʻyicha kamida 25 ta (kamida 2 ta «5 balli», 4 ta «3 balli») topshiriq bajarilgan boʻlishi kerak. Bosqichlar soni cheklanmagan.