Luck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luck

film rasmiy posteri
Rejissyor(lar) Peggy Holmes
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Kiel Murray
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) John Debney
Kinematografiya
  • Thomas Leavitt
  • Ferran Llàcer Álvarez (operator)
  • Eduardo Suazo (chiroq ustasi)
Muharrir(lar) William J.Caparella
Studiya(lar)
Distribyutor Apple TV+
Chiqarilgan sanasi
  • 2-avgust, 2022-yil(2022-08-02) (Ispaniya)
  • 5-avgust, 2022-yil(2022-08-05) (AQSh)
Davomiyligi 105 daqiqa[1]
Mamlakatlar
  • Ispaniya
  • AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $140 million+[2]

Omad (inglizcha: Luck) — 2022 yili rejissyorlar Peggy Holmes va Javier Abad; ssenaristlar Kiel Murrey, Jonathan Aibel va Glenn Bergerlarning hamkorligida, real voqealarga asoslanib yaratilgan fantastik komediya janridagi animatsion film. Skydance Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan filmga Eva Noblezada, Simon Pegg, Jane Fonda, Whoopi Goldberg, Flula Borg, Lil Rel Howery, Colin O`Donoghue va John Ratzenberger tomonidan ovoz berilgan[3]. Asosiy qismi Land of Luck deb nomlanuvchi mamlakatda sodir boʻladigan ushbu film, eng omadsiz inson Sam Greenfieldning (talaffuzi: Sem Grinfild) hayoti haqida hikoya qiladi. Voqealar rivojiga koʻra, Sam omadli odamlar qatoriga qoʻshilishi uchun Bob laqabli gapiruvchi qora mushuk bilan har doyim birga boʻlishi kerak.

2017-yil mart oyida Skydance Animation studiyasi tashkil topganidan koʻp oʻtmay, iyulda film haqida eʼlonlar berilgan va Paramount Pictures tomonidan 2021-yil ommaga taqdim etilishi moʻljallangan. 2018-yilda Paramoun Animation>ning boshligʻi Mireille Soria loyihani imzolagan va jamoaga Alessandro Carlonini rahbar sifatida tayinlagan. Film ishlab chiqarish jarayonida koʻplab oʻzgarishlarga duch keladi, masalan, ssenariy qayta yoziladi; namoyish etish sanalari oʻzgartiriladi; 2020 yil yanvar oyida Alessandro Carlonining oʻrniga Peggy Holmes film uchun yangi rejissyor sifatida eʼlon qilinadi. Ovoz berish uchun aktyorlar oʻrtasida uzoq vaqt tanlov olib borilgan. Bosh roll boʻlishiga qaramasdan Sam va Bob obrazlari uchun 2022-yildagina mos aktyorlar Noblezada va Pegg tanlab olingan. Filmning yaratilish jarayoni COVID-19 pandemiyasi davrida masofadan turib amalga oshirilgan.

Omad filmining premyerasi 2022-yil 2-avgustda Madridda boʻlib oʻtadi. 5-avgustda Apple TV+ va Qoʻshma Shtatlardagi ayrim kinoteatrlarda muxlislarga taqdim qilinadi[4]. Film tanqidchilar tomonidan turlicha baholangan. Ovoz aktyorlari, musiqa va animatsiya uchun maqtovlarga sazovor boʻlgan boʻlsa, oʻz navbztida, film uchun yaratilgan olamning tuzilishi va loyihaning syujeti asosiy tanqidlarga sabab boʻlgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Greenfield — beadab, yetim qolgan yosh qiz boʻlib, uning hayoti doimo baxtsizliklar bilan kechgan. Tez orada asrab olinishiga umid qilayotgan kenja doʻsti Hazelni xafa qilib, yaqinda oʻzi asrab olinganbolalar uyidan haydaladi. Bir kuni kechasi, koʻchadagi qora mushuk bilan sendvichini baham koʻrganidan soʻng, bir tiyinlik tanga topib oladi va uni Hazelga berishga qaror qiladi. Ertasi kuni Sam tanga unga sezilarli darajada omad keltirganini payqaydi. Biroq, u koʻp oʻtmay, tangani hojatxonaga tushirib yuboradi.

Sam qilgan xatosidan afsuslanadi. Yoʻlda tasodifan yana oʻsha mushuk bilan uchrashadi va unga nima boʻlganini aytib beradi. Omad keltiruvchi tangasi yoʻqolganini eshitgan mushukning jahli chiqadi. Gapiradigan mushukni koʻrgan Sam hayratda qoladi. Mushukning ortidan ergashib, portal orqali Land of Luck olamiga boradi. Omad mamlakatida leprechaunlar kabi mavjudotlar yerdagi odamlar uchun omad yuboradi. Bob ismli mushuk Samga yoʻqolgan tanga unga olamlararo sayohat qilish uchun kerakligini va agar uni yoʻqotib qoʻygani haqida xabar tarqalsa, Bobni Land of Luckdan haydab yuborishlari mumkinligini tushuntiradi. Sam Bobga tangani topishda yordam berishini, evaziga Bob Penny omboridan Hazel uchun ham bitta tanga olib berishi kerakligini aytadi. Ular kelishib olishganidan soʻng, Bob oʻzining shaxsiy leprechaunni Gerryning kiyimidan foydalanib, Samni omadlar mamlakatiga olib oʻtadi. Sayohati davomida Sam Land of Luck ajdaho tomonidan qanday boshqarilishini va omad mamlakati ostida omadsizlik mamlakati borligini bilib oladi.

Penny omborida sodir boʻlgan falokatdan soʻng, Gerry Samning kimligini bilib qoladi. Bor gapdan xabar topgan Gerry Bob yerda qoldirgan tangani izlash uchun maxsus drondan foydalanadi, ammo dron yaxshi va yomon omad mamlakatlari oraligʻida, yaʼni In-Betweenda yoʻqoladi. In-Between Jeff ismli yakkashox tomonidan nazorat qilinar edi. Jeff Bad Luck Apparat deb nomlangan mashinani boshqaradi. Bad Luck Apparat Randomizerga yigʻilgan yaxshi omadlarga omadsizlik dogʻlari tegib ketishidan saqlaydi. Yaxshi va yomon omadlar bilan toʻlgan Randomizer, ularning barchasini yerga uzatadi. Sam va Bob Jeffning yoniga yetib kelgunicha, Jeff yoʻqolgan tangani topib, omborga qaytargan edi. Sam umidsizlikka tushmasdan, ajdahoning oʻzi bilan tanishib, Hazel uchun omad tangasi soʻramoqchi boʻladi. Ajdaho Babe Samga yangi tanga berishdan oldin, yerdagi odamlarning barchasi omadli boʻlsa, Land of Luckdagilar uchun qanchalik yaxshi boʻlishini tushuntiradi. Shu paytda Bobning yerga sayohat qilish uchun qoʻshimcha tangalardan foydalangani oshkor boʻlib qoladi. Land of Luck qonunlariga koʻra, har bir mushuk uchun faqatgina bitta omad tangasi berilishi shart edi. Qoidalarni buzgani uchun Bobni omad mamlakatidan surgun qilishmoqchi boʻlgan paytda, Sam Hazel uchun olgan tangani, Bobni saqlab qolish uchun qurbon qiladi.

Hazel bilan sodir boʻlishi kutilayotgan koʻngilsizlikning oldini olish uchun Sam va Bob omadsizlik apparatini vaqtincha oʻchirib qoʻyishga qaror qilishadi. Hazelni biror oila asrab olishi uchun omad yubormoqchi boʻlishadi. Biroq, omadsizlik dogʻlari Jeffning mashinalarini toʻsib qoʻya boshlaydi va Randomizer ichidagi omad toshlarini yoʻq qiladi. Natijada Land of Luck va yerga omadsizlik toshlari kela boshlaydi. Shu sababli Hazel asrab olinmaganini koʻrib, Sam Bobni aslida oddiy bir omadsiz ingliz mushugi deb hisoblaydi va pushaymon boʻlib qoladi. Bob Samdan uzur soʻraydi va Sam yonida boʻlgani uchun Hazel dunyodagi eng baxtli qiz ekanligini aytadi. Sam buzilgan narsalarni tuzatish mumkinligini tushunadi, chunki u In-Betweenga ketayotganda Bad Luck mamlakatida omad toshini koʻrganini eslaydi.

Ular Bad Luckga qaytib Tiki bariga borishadi va Bobning eski doʻsti maxluq Rootiedan bardagilar oʻyinda ishlatadigan omadli idishdagi omad toshini olishadi. Ajdaho Babe tosh yordamida yangi yaxshi omad va yomon omad toshlarini yasaydi. Babe toshlarni joyiga joylashtirdi va Samga odamlar omad kabi omadsizlikka muhtojligini aytadi. Oʻz xatolarini tushinib, toshlarni joyiga qaytarishganidan soʻng, omad doimiy holatiga qaytadi va Sam Hazelni yangi oila asrab olganini koʻradi. Bob oʻz ishini davom ettirishdan bosh tortib, Sam bilan birga yashashga qaror qiladi.

Dublyaj aktyolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Luck (2022)“. Irish Film Classification Office. 2022-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  2. Keegan, Rebecca; Giardina, Carolyn „John Lasseter's Second Act“. The Hollywood Reporter (2022-yil 27-iyul). — „"The final budget is more than 1140 million, according to a studio source, but less than that of a typical Disney or Pixar animated movie, which usually exceeds $200 million."“. 2022-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
  3. Goldsmith. „Skydance Media Acquires Animation Unit Of Madrid-Based Ilion Studios“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (2020-yil 6-aprel). 2021-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  4. Batts, Jim „LUCK – Review“ (en-US). wearemoviegeeks.com (2022-yil 4-avgust). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Giardina. „Skydance, Apple Push Back 'Luck' to August, Set Additional Voice Cast“. The Hollywood Reporter (2022-yil 26-yanvar). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  6. Donnelly. „Jane Fonda to Voice Key Role in Apple/Skydance Film 'Luck'“. Variety (2021-yil 17-fevral). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
  7. Giardina. „Whoopi Goldberg to Voice A Lead Role in Animated 'Luck'“. The Hollywood Reporter (2021-yil 10-iyun). 2022-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]